Olmalar sifatiga talablar. Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270—70 ga, kechpishar olma navlarining sifati esa GOST 21122—75 standarti talabiga javob berishi kerak Bu Davlat standartlari talabi bo’yicha tez pishar olmalar sifat kursatkichlari buyicha 1- va 2- tovar navlariga bulinsa, kech pishar olma navlari esa oliy, 1-, 2- va 3- tovar navlariga bulinadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda asosiy ko’rsatkich tekshirish uchun namuna sifatida olingan olmalarning eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan kechpishar olmalarning dumaloq shaklli oliy navida ko’ndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo’lmasligi talab etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga ularning tashki ko’rinishi, pishib yetilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi ko’rsatkichlari kiradi. Chirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi.
Nok. Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning uchun saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nok asosan ho’l meva sifatida iste’mol qilinadi va undan kompot, murabbo, ko’kat kabi mahsulotlar ham tayyorlash mumkin.
Yangi uzilgan noklar sifatiga ko’ra 1- va 2- tovar navlariga (GOST 21711—76), kechpishar noklar esa 1-, 2- va 3- tovar navlariga (GOST 21713-76) bo’linadi. Bular uchun xom tovar navlarini belgilashda asosiy ko’rsatkich eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi.