17-Mavzu: Poyabzal tovarlari. Mo'yna tovarlari. Attorlik tovarlari.
Made in Uzbekistan - hozirda mazkur yorliq ostidagi charm-poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari bozorida o‘z xaridorini topgan. Yaqin 3-5 yil ichida ular qatoriga Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalaridagi davlatlar kirishi kutilmoqda.
Respublikamizning charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalariga e’tibor beridagin bo‘lsak sohaga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy qiymati 446 mln dollarni tashkil qilib, 2016 yil bilan taqqoslaganda investitsiyalar hajmining o‘sish sur’atlari 2021 yil yakuni bilan 13 barobarni tashkil etishi kutilmoqda.
Sohaga 2016 yilda atiga 15,7 million dollarlik investitsiya jalb etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020 yilda koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay, 187,6 million dollarga yetdi. 2021 yilda esa 202,0 million dollardan oshishi kutilayapti.
Umuman olganda joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 202 mln dollarlik 112 ta loyihalar ishga tushirilishi ta’minlanadi, bunda joriy yilning birinchi yarim yilligida 42 mln dollarlik 29 ta loyihalar ishga tushirilishi va 2215 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
2016-2021 yillarda charm-poyabzal tarmog‘iga investitsiyalarning jalb qilinishi
mln.dollar
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2016 yil
|
2017 yil
|
2018 yil
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil
kutilishi
|
2016 yilga nisbatan o‘sish %
|
Investitsiya loyihalari
|
15,7
|
18,4
|
77,6
|
146,1
|
187,6
|
202,0
|
12,9 marta
|
Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari natijasida so‘nggi yillar mobaynida tayyor charm-poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, mo‘yna va qorako‘l terisi, mahalliy korxonalar xom ashyosi asosida jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra soha korxonalari tomonidan 3 trln 647 mlrd co‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarildi va 2016 yil bilan taqqoslanganda o‘sish surati 8 marotabadan oshgan.
Dostları ilə paylaş: |