2016-2021 yillarda charm-poyabzal tarmog‘ida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd.so‘m
2016 yil
2017 yil
2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil kutilishi
2016 yilga nisbatan o‘sish %
512,4
760,0
1 748,5
2 550,6
3 647,8
4 221,0
8,2 marta
O‘zbekistonda xom ashyo yetarli. Faqat ilgari uni qayta ishlash orqada qolgandi. Chunki maxsus texnologik jihozlar yetishmasdi. Shu bois charmga bir martagina ishlov berilib, chetga eksport qilinardi. Ayni shu maqsadda so‘nggi paytlarda tizim korxonalari Italiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi sanoati rivojlangan davlatlarning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng yaxshi dastgohlar bilan jihozlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi xom ashyoni qayta ishlash xabiga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilyapti. Pirovardida qo‘shni respublikalardan teri shu yerga keltiriladi va chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Bu degani — yangi korxonalarda uchinchi marta ishlov berilgan tayyor charm hosil bo‘ladi. Undan bichib-tikiladigan mahsulot esa sifatliligi tufayli, albatta, e’tirozsiz qabul qilinadi. Ana shuni “finish”, ya’ni “marra”, deyish mumkin.