Konserva mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ovqatlik qimmati


Agar siz har qanday tashkilot va/yoki kompaniya haqida joylashtirilganda noto'g'ri ma'lumotni ko'rsangiz, Sport tovarlari do‘konlari



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə56/66
tarix25.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#134487
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
maruza

Agar siz har qanday tashkilot va/yoki kompaniya haqida joylashtirilganda noto'g'ri ma'lumotni ko'rsangiz, Sport tovarlari do‘konlari, bizga elektron pochta (info@gp.uz) yoki telefon (+998) 78-140-09-09 orqali xabar berishingizni so'raymiz. Bizga elektron pochta orqali murojaat qilganda, iltimos, noto'g'ri ma'lumotlar topilgan sahifaga havola yuboring va qanday ma'lumotlarni tuzatish kerak. Xat mavzusida "saytdagi noto'g'ri ma'lumotlar" ni ko'rsating. Sizning ma'lumotlaringiz tekshirilgandan so'ng, kompaniya/tashkilot, shuningdek uning faoliyati haqidagi aloqa ma'lumotlari yaqin kelajakda saytda yangilanadi. Hamkorlik uchun oldindan rahmat!
Shuningdek, biz egalariga va bo'limida taqdim etilgan bir xil faoliyat bilan shug'ullanadigan kompaniyalar va tashkilotlarning xodimlariga murojaat qilamiz Sport tovarlari do‘konlari. Agar siz biznesingizning bepul reklamasiga qiziqsangiz, unda сайт O'zbekiston kompaniyalar va korxonalarining biznes-ma'lumot katalogi GOLDENPAGES.UZ sizning biznesingizda siz uchun haqiqiy yordam bo'ladi. Bizning yordam tizimimizda ro'yxatdan o'tish va joylashtirish(veb-sayt, 24 soatli xizmat ma'lumotnomasi - 78-140-09-09 va" Golden Pages" katalogining bosma versiyasi)bizda mutlaqo bepul! Sizdan talab qilinadigan narsa bu sizning tovarlaringiz va xizmatlaringiz haqida nafaqat O‘zbekiston mijozlarga balki boshqa davlatlar mijozlarga ham. Kompaniyangizni/tashkilotingizni hozir O'zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining ma'lumot katalogiga qo'shing! Bizning ma'lumotnomamizni MS WORD formatda(200 Kb), yuklab oling, iloji boricha aniq va batafsil to'ldiring va biz uchun har qanday qulay tarzda (faks, elektron pochta, oddiy pochta yoki bizni shaxsan olib keling) yuboring va sizning kompaniyangiz imkon qadar tezroq paydo bo'lishi va mijozlarga kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun foydalanish mumkin.
Quyida ushbu faoliyat turiga (sarlavhalar) statistikasi keltirilgan. Statistika ochiq va ommaviydir. Sayt 06.07.11 to'liq yangilanganligi sababli, statistikani hisoblash shu kundan boshlab amalga oshiriladi. Avvalgi qiymatlar bekor qilindi va joriy statistika hisobga olinmaydi.
Ko‘rgazmalar «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmui tomonidan tashkil etildi.


Tadbirda sportni rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi sifatida bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 2014-yilning Prezidentimiz tashabbusi bilan Sog‘lom bola yili deb e’lon qilingani ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.


Sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida bugungi kunda mamlakatimizda 1500 dan ortiq bolalar sporti obyekti faoliyat yuritmoqda. Bu obyektlar asosan yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sport inventarlari bilan jihozlanmoqda. 120 turdagi sport inventari va uskunalarining 116 tasi korxonalarimizda ishlab chiqarilmoqda.


Mamlakatimiz sport sanoatining so‘nggi ishlanmalarini o‘zida mujassam etgan ixtisoslashtirilgan «Sport World Uzbekistan» sport uskunalari, anjomlari va kiyimlari ko‘rgazmasi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Unda o‘ttizdan ziyod kompaniya ishtirok etayotir.


Ko‘rgazmada “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar ham o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ularning stendlaridan ham «Mashxim» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Asia Sport-S» xususiy firmasi mahsulotlari kabi turli trenajyorlar, futbol, basketbol, voleybol, gandbol, tennis, stol tennisi, badminton, gimnastika, boks, kurash, yengil atletika, armrestling, yadro uloqtirish, velosport va shaxmat singari sport turlari uchun inventar va jihozlar joy olgan. 


– 1996-yilda tashkil etilgan kompaniyamiz sport tovarlari importidan bosqichma-bosqich voz kechib, ularni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, – deydi «Asia Sport-S» xususiy firmasi bosh direktori Saidahmad Kamolov. – Bugungi kunda 35 turdan ortiq sport inventari va jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarimizni eksportga ham yetkazib bermoqdamiz. 


«Sport inshootlari qurilishi» bo‘limida usti ochiq va yopiq sport maydonlarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda turli sport qoplamalarini yotqizishga ixtisoslashtirilgan «Aniz» (Sportplay) mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, «Vostok» kompaniyasi nufuzli xorijiy kompaniyalar tomonidan sport inshootlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan qoplama namunalarini taqdim etgan.


Ko‘rgazmada «Liliya Luks» mas’uliyati cheklangan jamiyati alpinizm uchun mo‘ljallangan jihozlar, «Telemetrik» kompaniyasi esa ma’lumot tablosi va boshqa turdagi elektron mahsulotlarni namoyish qilmoqda.


«O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi stendida keng turdagi sport kiyimlari taqdim etilmoqda.


Milliy Olimpiya qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun» fondi va qator sport federatsiyalari ma’lumotlar aks ettirilgan stendlar bilan qatnashmoqda.


«Bolalik dunyosi – 2014» ko‘rgazmasida bolalar va o‘smirlar uchun turli tovarlar – bolalar adabiyoti, o‘yinchoqlar, aqlni charxlaydigan o‘yinlar, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim va poyabzal mahsulotlari omma e’tiboriga havola qilingan.


Ko‘rgazmaning yirik bo‘limlaridan biri – «Bolalar adabiyoti» bo‘limida «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom nomidagi, Cho‘lpon nomidagi nashriyotlarda chop etilgan keng turdagi bolalar, o‘quv va uquv-uslubiy adabiyotlar namoyish etilmoqda.


«Original Lyuks Servis» va «Garant mebel» kompaniyalari keng turdagi bolalar mebellarini taqdim etmoqda. Bolalar o‘yinchoqlari va aqlni charxlaydigan o‘yinlar ishlab chiqaradigan «Toys-Plast», «Avranazeb» va «Optima Best Plast» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari stendi katta yoshlilarni ham bee’tibor qoldirmayapti.


– Kompaniyamiz boshqa mebellar qatori maktab partasi, bolalar uchun karavot, shkaf, stol va stul ham ishlab chiqarmoqda, – deydi «Kedr Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Qobul Mo‘minov. – Bolalar mebellari dizayni ularning psixologiyasi inobatga olingan holda tayyorlanmoqda. Jumladan, mazkur jarayonda yorqin rang va o‘zgacha shakllardan foydalanilmoqda. 


– Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlar turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan, – deydi «Toys-Plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi Sardor Marupov. – Turli konstruksiya va mashinachalar, kolyaska, o‘yinchoq idish-tovoqlar, aqlni charxlaydigan turli o‘yinchoqlar xavfsiz bo‘lgan yuqori sifatli plastmassadan ishlab chiqarilmoqda.


«Uztex» qo‘shma korxonasi va «Tailor Impex» mas’uliyati cheklangan jamiyati, shuningdek, «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi qator korxonalar bolalar uchun mo‘ljallangan keng turdagi kiyimlarni namoyish etayotir. 


Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro ko‘rgazmalar yurtimiz ishlab chiqaruvchilariga o‘z mahsulotlarini namoyish etish, shuningdek, boshqa mamlakatlarning sport va bolalar tovarlarini tayyorlaydigan yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashish, muzokara o‘tkazish, tajriba almashish va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.


Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin