Gilos. Olchaga nisbatan issiqsevar o’simlik bo’lganliga uchun Respublikamizda keng tarqalgan. Boshqa danakli mevalarga nisbatan gilos ertapisharligi bilan juda ahamiyatlidir. Respublikamizda gilos-zorlar asosan Andijon, Fargona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida mavjuddir. Gilos kam miqdorda bo’lsada, Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham yetishtiriladi. Gilosning mevasi olchadan ko’ra yirikroq va shirinroq buladi. Giloslar etining tuzilishiga qarab tog’aysimon etli (bigaro) va mayin sersuv etli (gini) turlarga bo’linadi.

Giloslar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 21922—76 standarti talabiga javob berishi kerak Mazkur standart talabi buyicha giloslar ham 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Gilos mevasiga qo’yiladigan talablar ham olcha mevasiga qo’yiladigan talablarga o’xshaydi. Gilos mevalarining 1-chi navida eng katta ko’ndalang kesimining diametri 17 mm dan, 2-chi navlarida esa 12 mm dan kam bo’lmasligi kerak
Rezavor mevalar
Rezavor mevalar
Rezavor mevalar tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: oddiy, murakkab va soxta rezavor mevalar.
Oddiy rezavor mevalar donalardan iborat bo’lib, sersuv etli, mevasi ichida urug’i bo’ladi (uzum, smorodina, krijovnik, klyukva va boshkalar).
Murakkab rezavor mevalarning mayda-mayda mevachalari bitta gulkosada to’plangan bo’ladi (malina, ejevika).
Soxta rezavor mevalarning o’sib ketgan gulkosasi yuzasida mayda urug’lari bo’ladi (yertut, qulupnay).
Uzum. Issiqsevar o’simlik bo’lganligi uchun Ukraina, Moldova va Markaziy Osiyo davlatlarida ekiladi. Ayniksa, Respublikamizda qulay iqlim sharoiti mavjudligi uchun eng ko’p tarqalgan asosiy reza-vor mevalardan biri hisoblanadi. Uzum mevasi po’stlokdan (2— 9%), sersuv etdan (85—90%) va urug’dan (0—5%) tashkil topgan bo’ladi.