Konstitutsiya – baxtimiz poydevori 1 – boshlovchi: - Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim - Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman
2 – boshlovchi: Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
(Madhiya yangraydi)
1 – boshlovchi: 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz.
2 – boshlovchi: -Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun
qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash
sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramimizni ochib berish uchun so’z navbatini AKT kafedramiz mudiri Narziyev Umid Zaripovichga beramiz
1-o‘quvchi:Sabina Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus erur qonunlarning to‘plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
2-o‘quvchi:Shaxzod Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,
Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.
1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z
xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar
oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining
munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy
totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan
“Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz
2 – boshlovchi:
- Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Navbatni Konstitutsiyamizga bag’ishlab tayorrlangan videorolikka beramiz
(Videorolik)
1-boshlovchi:Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimizdir.
2-boshlovchi: - Chunki chindan ham har bir demokratik va mustaqil daviatda Konstitutsiya xalqning bosh himoyachisi sanaladi. U fuqarolarni har qanday ichki va tashqi tahdidlardan, qonunbuzarliklardan, adolatsizliklardan asraydi, ularning tinch va farovon yashashlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
1-boshlovchi: Endigi navbatni konstitutsiya moddalaridan misollarga beramiz
1 – o’quvchi:MahmudO‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni Respublika Oliy Majlisi XII - chaqiriq XI - sessiyasida qabul qilingan.
2 – o’quvchi:Gulchehra- Konstitutsiyamiz 6 ta bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan
iborat bo‘lib, ularning barchasida adolat ustuvordir, ya’ni - Respublikamiz fuqarolarining,
o‘smirlarning va kichik yoshdagi bolajonlarning huquq va burchlari aniq belgilab berilgan.
3 – o’quvchi: Shaxina Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2 – bo’lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
4 – o’quvchi:Shexroz - Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm
olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo’yilgan
5 – o’quvchi:Yoqub 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan
muhofaza qilinadi”, deya belgilab qo’yilgan.
1-boshlovchi: 2-boshlovchi: (Sahna ko’rinishi) 1-boshlovchi: 2-boshlovchi: 1 – o’quvchi: Yoqub Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
2- o’quvchi: Shehroz Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
3 – o’quvchi:Mahmud G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
4 – o’quvchi: Shaxzod Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
1-boshlovchi: - Qomusimiz yillar osha xalqimiz uchun ishonch, najot, faxr, iftixor namunasi
bo‘lib qolsin!
2-boshlovchi: Shu bilan qomusimizga bag‘ishlangan tadbirimiz tugadi. Hammangizni Asosiy
Qonunimiz – Konstitutsiya bayrami bilan muborakbod etamiz!