Quyi Chirchiq tumani 11-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “KONSTITUTSIYA – ERKINLIGIMIZ KAFOLATI” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovining 1- bosqich yakunlari bo`yicha hakamlar hay’ati yig`ilishi BAYONNOMASI 17-noyabr 2022-yil. Do’stobod sh.
Raisi – Qurbonova N.S
Kotiba – Kariboyeva G.Z
Qatnashdi: 5 nafar hakamlar hay’ati a’zolari.
Kun tartibida ko`rilgan masala: Maktabda 5-11-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovining 1-bosqich yakunlari haqida.
Eshitildi: Qurbonova N.S. – maktab direktori, hakamlar hay’ati raisi.
O’ljaboyev I.I – direktorning MMIB o`rinbosari, hakamlar hay’ati a’zosi.
Ular o`z so`zlarida Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 14-noyabrdagi 02-02/21039 sonli hamda Quyi Chirchiq tumani Xalq ta’limi bo`limining 2022-yil 16-noyabrdagi 01/07-669 sonli xatlari ijrosini ta’minlash maqsadida
17-noyabr kuni maktabning 5-11-sinf o`quvchilari o`rtasida “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzusida respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovining 1-bosqichi Nizom asosida o`tkazilgani, bu tanlovda 5-9 sinf o`quvchilaridan 22 nafar o`quvchi bayon, 10-11-sinf o`quvchilaridan 14 nafari insho yozib, faol ishtirok etgani, ular tomonidan yozilgan ijodiy ishlar mutaxassislar tomonidan ko`rib chiqilgani va hakamlar hay’ati tomonidan ham tekshirilgani haqida gapirdilar.
So`zga chiqdi: Ibrayeva A.U – ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, hakamlar hay’ati a’zosi.
Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar, ya’ni tanlov mavzusi bo`yicha o`quvchilar tomonidan yozilgan bayon va insholarning har biri tekshirib chiqilgani, ular tomonidan qanchalik mavzuni yorita olganlik darajasi, Konstitutsiya bo`yicha tushunchalari, bayon, insho yoza olish mahoratlari inobatga olingani to`g`risida gapirdi.
1 nafar o`quvchining yozgan bayoni va 1 nafar o`quvchining yozgan inshosi eng yuqori balga munosib ko`rilib, tanlovning 2- bosqichiga tavsiya etilishini aytdi.
Kun tartibidagi masala muhokama qilindi.
Yig`ilish qaror qiladi: Quyidagi o`quvchilar “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzusida respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovining 1-bosqich g`oliblari deb topilsin va ularning ijodiy ishlari tanlovning 2-tuman bosqichi hakamlar hay`atiga taqdim etilsin, shuningdek, 2-bosqichda ishtiroki ta’minlansin:
Muhammedova I – 9- A sinf o`quvchisi.
Abduraimova D– 11-B sinf o`quvchisi.
“Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzusida respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovining 1-bosqich g`oliblari ertalabki saflanishda e’lon qilinsin, maktabning “Faxriy yorlig`i” hamda esdalik sovg`asi bilan taqdirlansin.