Konstitutsiya nurli hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir



Yüklə 22,69 Kb.
səhifə1/2
tarix25.01.2023
ölçüsü22,69 Kb.
#122535
  1   2
KONSTITUTSIYA NURLI HAYOTIMIZ VA KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR


KONSTITUTSIYA NURLI HAYOTIMIZ VA KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR.
Ochilov Ulug‘bek.
Chirchiq davlat Pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi.
ANOTATSIYA
Ushbu maqolamda hozirgi kunda yurtimizda konstitutsiyaning tutgan o‘rni va ahamiyati ustida mulohaza qilibgina qolmay uning kelajag avlod uchun yaratilgan imkoniyatlari hamda har bir fuqoroning orzu istaglarni amalga oshirishdagi huquqiy himoyasi ustida fikir yurutamiz.
KALIT SO‘ZLAR
Konstitutsiya, inson huquqlari, muomila layoqati, oila, erkinlik, burch, majburiyat.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining yaratilishda birinchi Prizdentimiz I.Karimovning xizmatlari beqiyos desak adashmaymiz. Bosh qomusimiz xalqaro xujatlarga to‘la mos kelib Konstitutsiya bu davlatning asosiy tayanchi hisoblangan qonun bo‘lib, har bir davlat mustaqil bo‘lar ekan o‘zining konstitutsiyasiga alohida etibor qaratadi, undagi qonunlarni xalqning manfatini ko’zlab, fuqarolarning haq-huquqlarini himoyasiga qaratadi va zamon talablariga moslab boradi. Bilishimiz keraki konstitutsiya tushunchasi yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqarolarga juda ham yaxshi tanish chunki maktab darsliglarida konstitutsiya o‘tilishi sir emas bu yoshlarda huquqiy ongni rivojlantrishdagi ilk qadamlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan bo’lib, 128 modda 26 bob 6 bo‘limdan iborat uning har bir moddasi jamiyatning barcha sohasiga tegishli bo‘lib uzviy aloqadorligni mustahkamlab boradi[1].
Konstitutsiya yaratilishdagi ilk qadamlardan biri bu 1989-yil 21-oktyabrdagi O‘zbek tilliga davlat tilli maqomi berilishi alohida etiborga sazovor bo‘ldi[2]. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat tilli o‘zbek tilli” deb qatiy belgilangan bu yurtimizdagi har bir istiqomat qilayotgan o‘zbek oilasning nurli hayotida muhim o‘rin egalaydi chunki o‘z ona tillini bilmagan o‘zligni bilmaydi o‘ziga yaqin insonlarning so‘zlardagi samimiyatning asl mazmunini his etmay insoniylikni anglamaydi[3].
O‘zbekiston Respublikasi jannatmakon yurt, ajoyib go‘sha. Haqiqatan ham insonlar diyorimizda jannatda yashagandek umr o‘tkazishmoqda. Hattoki, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar ham davlatimizdan minnatdor. Chunki bizning yurtda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi. Aynan bu holat Konstitutsiyamizning 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega” deb yozib qo‘yilgan[4]. Konstitutsiyamizda fuqarolar huquqlari har tomonlama himoya qilingan bo‘lsa, burchlari ham yaqqol ko‘rsatib o‘tilgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz nafaqat o‘z huquqlarimizni jadal turib himoya qilishimiz, balki burchlarimizni ham to‘la-to‘kis bajarishga harakat qilishimiz darkor” deb bejiz aytmaganlar. Huquq va burch bu qushning ikki qanotiga o‘xshaydi. Agar inson huquqlari poymol etilib, burchlari ustun bo‘lsa davlat qulchilik tuzumiga aylanib boradi. Agar burchlarni bajarmay huquqlarimizni har sohada ro‘kach qilaversak, davlat oxir-oqibat parokandalikka yuz tutadi. Qush ham qanotlar muvozanatini yo‘qotar ekan, qulab tushadi. Konstitutsiyamizning 47-48-49-moddalarida fuqarolarning burchlari ko‘rsatib o‘tilgan[5]. Ayniqsa, 50-moddada “Fuqarolar atrofmuhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar[6].” deb belgilanishi bugungi kundagi ekologik muammolar, ularni oldini olish, tabiatni asrash kabi xalqaro fikrlarga hamohangdir. Konstitutsiyamizda har bir sohaga adolat bilan yondashilgan. Konstitutsiyani tuzish jarayonida xalqaro maydondagi rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari ham o‘rganilgan.
Oila siyosatiga hozirgi kunda butun dunyoning asosiy etibori qaratilgan, bu o’rinda aytish keraki oila qanchalar bolla tarbiyasida ma’naviy yetuk qilib yosh avlodni tarbiyalashga alohida etibor qaratsa uning kelajagi tom manoda ta’minlangan desak ham bo’ladi. Konstitutsiyamizning 14-bobi oilaviy munosabatlarga tegishli bo’lib 63-64-65-66 moddalardan tashkiln topgan[7]. Respublikamiz Kostitutsiyasining 2-moddasida “Davlat xalqirodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldir”, deb belgilab qo‘yilgan va bugungi kunda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “Mansabdor shaxs kresloda o‘tirib ish bajarmaydi. U xalq orasiga kirishi, xalqning dardi bilan yashashi darkor” degan so‘zlari qonunning amaldagi ifodasidir. Ayniqsa, xalq qabulxonalarining tashkil etilishi xalqimizning farovon hayoti uchun ravon yo‘l bo‘ldi.
Inson huquqlarining to‘la-to‘kis himoyalanganini biz 36-37-38- moddalar orqali yaqqol ko‘rishimiz mumkin. ‘Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi.”(38-modda)[8]. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan har bir mutaxassislik bo‘yicha majburiy mehnat bekor qilindi[9].
Endi dalalarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar paxta termasdan, ta’lim muassasasida bilim berishmoqda. Shifokorlar dala ishlari bilan mashg'ul bo‘lib, qavargan, dag'al qo‘llar bilan emas, balki yumshoq qo‘llar, shirin so‘zlar bilan bemorlarga g'amxo‘rlik qilishmoqda. Bu esa “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan konstitutsiyamizning 40-moddasining amaldagi ko‘rinishidir.
XULOSA
Xulosa qillib aytadigan bo‘lsak konstitutsiya bu bizning nurli hayotimiz va kelajag avlodlarning orzu istaglarni amalga oshirishdagi qonuniy himoyadir. Uni asrab avaylashga, xar bir inson o‘z hayotida tadbiq qilishga alohida etibor qaratmog‘i lozim, zero uning ahamiyati ulg‘ayotgan yosh avlodning ongida muhim ahamiyat kasb etmog‘i kerak. Konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga 30 yil bo‘libdiki uning mavqeini davoimiy saqlash va zamon talablariga moslab borishda halqimizdagi muomlaga layoqatli shahslardan qonunlar hamda qarorlar qabul qilishda o‘z ishtroklari bilan erkin fikir bildrib kelishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Millatimizdagi istiqomat qilyotgan har bir insondan konstitutsiyaga alohida e’tibor qaratib uning har bir moddalarni chuqur tahlil bilan o‘qib chiqishlari o‘zlaridagi huquqi ongni rivojlantrishdagi mustahkam qadamlardan bo‘ladi.

Yüklə 22,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin