Konteyner transport tizimi konteyner turlari va o’lchamlari



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə1/4
tarix26.11.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#135409
  1   2   3   4
TRANS LOGISTIKA KONTEYNER


REJA
1.KONTEYNER TRANSPORT TIZIMI
2.KONTEYNER TURLARI VA O’LCHAMLARI
3.KONTEYNERLARDA TASHILADIGAN YUKLAR
4.XULOSA
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Konteyner transport tizimi – yuklarni uzluksiz sxemada bir yoki bir necha turdagi transportda ichki va halqaro ko‘lamda jadallashtirib etkazib berishni ta’minlovchi tashkiliy - texnik kompleksdan iborat bo‘lib, standart konteynerlarni, munosib texnik vositalarni, yuk tashish buyurtmanomasini va uni tartibga solishni kelishilgan tizimini qo‘llash asosida faoliyat ko‘rsatadi. Konteynerlarda qimmat baho va atmosfera ta’siridan xavflanuvchi yuklar transport idishsiz, birlamchi o‘rovda yoki engillashtirilgan idishlarda temir yo‘l, avtomobil, suv va havo transportlarida tashiladi. Yuk konteynerlarga jo‘natuvchilarning omborlarida ortiladi va yuk ulardan oluvchilarning omborlarida tushiriladi. Temir yo‘llarda tashilgan va keyinchalik avtomobil yoki suv transportiga topshiriladigan yoki aksincha topshiriladigan konteynerlar ochilmasdan, ichidagi yuk bo‘shatilmasdan, bir transport turdan ikkinchi transport turiga bevosita ortiladi. Konteynerlar bilan omborlardagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, portlardagi va prinstanlardagi barcha ortish - tushirish va saralash operatsiyalari munosib mexanizatsiya vositalari yordamida bajariladi. Shuning uchun yuk tashishning bunday ilg‘or usuldagi tashkili juda yuqori samaradorlikka ega. Yuk tashishning konteyner tizimi yuk operatsiyalari tannarxini 2 marotabagacha kamaytiradi, ortish - tushirish ishlarida mehnat unumdorligi 4 - 5 marotabagacha oshadi va bu ishlarni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash uchun real sharoit 7 yaratiladi. Ammo yuk tashishning konteyner tizimi turli konteynerlarni va ularni ortish - tushirish hamda tashish uchun maxsus mexanizatsiyalash va tashish vositalarini ishlab chiqarish uchun katta miqdordagi mablag‘ni talab qiladi. Lekin bu sarf xarajatlar tezda o‘zini oqlaydi va bu usulda yuk tashishni keltirilgan xarajatlari yopiq vagonda yuk tashishga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Yuqori samaradorligi tufayli konteyner transport tizimi rivojlangan davlatlarning ichki yuk tashish tizimidan chiqib xalqaro yuk tashish tizimiga aylanadi. Bunday yuk tashishlarni me’yorlash masalalari bilan standartlash bo‘yicha xalqaro tashkilot ISO (ISO – International Organisation for standartisation) shug‘ullanadi. Bu tashkilot yuk konteynerlariga (keyinchalik konteyner deb yuritiladi) quyidagi ta’rifni bergan. Konteyner–transportning yaxlit jihozi, to‘la yoki qisman yopiq ko‘rinishdagi idish bo‘lib, uni ichiga yuklarni joylashtirish mo‘ljallangan va:


- doimiy texnik tavsifnomaga va ko‘p marotaba foydalanish uchun etarli darajadagi mustahkamlikka;
- bir yoki bir necha turdagi transportda yuklarni ularning o‘rtasida qayta yuklamasdan tashishni ta’minlovchi maxsus konstruksiyaga;
- uni bir turdagi transportdan boshqa turdagi transportga mexanizatsiyalashgan ortishni ta’minlovchi moslamalarga;
- unga yukni ortishni va yukni tushirishni osonlikcha bajarish imkoniyatini yaratadigan konstruksiyaga;
- 1 m3 ga teng yoki undan ortiq ichki hajmga ega. Konteyner transport tizimi: konteynerlarda yuk tashishni rejalashtirish yagona tizimga; konteyner oqimlarini samarali tashkil etishga va konteyner hamda harakatdagi maxsus sostav parklarini tartibga solish (rostlash) ga; yuk tashishni yagona iqtisodiy va tijoriy – huquqiy tartibga solishga; barcha texnik vositalarni kompleks rivojlantirish (konteynerlarni, yuklarni 8 paketlashni, temir yo‘li, avtomobil, daryo, dengiz va havo transportining harakatdagi sostavlarini va ortish - tushirish va ombor vositalarini standartlash va unifikatsiyalash) ga asoslanadi. Konteynerlarni standartlash uchun ISO tarkibida TK-104 “Yuk konteynerlari” texnik komiteti mavjud bo‘lib, u barcha konteynerlarni ikki: universal va maxsus guruhlarga ajratgan.

Me’yoriy hujjatlar – konteyner transport tizimida ortish-tushirish, tashish va ombor ishlari texnologiyasining asosidir, ular quyidagilardan tashkil topgan:


- aralash tashishlar shartnomasi – ushbu hujjat asosida aralash tashishlar operatori tashish to‘lovlarining amalga oshirilishi evaziga yuk jo‘natuvchidan yukni qabul qiluvchiga yukni tashib berish majburiyatini oladi.
Aralash tashishlar hujjati – aralash tashishlar shartnomasini tasdiqlab, aralash tashishlar operatori shartnoma shartlariga muvofiq yukni eltib berish majburiyatini oladi.
- O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi – temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanishda temir yo‘l, transportning boshqa turlari, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, ekspeditorlar, yuk terminallari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquq, majburiyat va mas’uliyatni aniqlab beradi.
Temir yo‘l transportida yuk tashish Qoidalari – zayavkalarni qabul qilish, zayavkalarni bajarish va yuklarni tashish uchun qabul qilishni qayd etish kartochkalarini yuritish, tashish hujjatlarini to‘ldirish, yuklarni eltib berish hamda yuklarni tashish bilan bog‘liq shikoyatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish muddatlarini hisoblash bo‘yicha qoidalarni o‘rnatadi.
- Avtomobil transporti Ustavi – avtomobil transporti orqali yuklarni tashish shartlarini aniqlaydi hamda fraxtovatellar, yuk jo‘natuvchilar, yukni qabul qiluvchilar, transport infratuzilmasi ob’ektlarida tashuvchilarga xizmatlarni taqdim etadi, yuklarni tashish hujjatlarini (shartnoma mazmuni, tovar-transport yuk xati), etkazib berish muddatlari, tashuvchilar, fraxtovatellar, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilarning majburiyatlarini tasdiqlaydi.
- Avtomobil transporti yordamida yuklarni tashish Qoidalari – avtomobil transporti yordamida yuklarni tashishni, yuklar va transport vositalari, konteynerlarning butligini ta’minlash hamda yuklarni tashish uchun avtomobillarni taqdim etish shartlarini tashkil etadi.
- To‘g‘ri aralash temir yo‘l-suv aloqa yo‘lidayuklarni tashish Qoidalari – tashish ishlarini rejalashtirish va tashkillashtirish, yuklarni tashish uchun qabul qilish, yukni tushirish va qaytadan ortish operatsiyalari, ommaviy yuklar va konteynerlarni tashish ishlarini rasmiylashtirish, tashish bo‘yicha mas’uliyat va hisob-kitoblarni belgilab beradi.
- Savdo kemalarining yurishi kodeksi – dengiz transporti orqali yuklarni tashishda tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaradi.
- Xalqaro aralash yuklarni tashish to‘g‘risidagi konvensiya (BMT, Jeneva, 1980 y.) – transportning bir qancha turlari orqali yuklarni tashishda adolatli va teng huquqli munosabatlar prinsipi, shuningdek, aralash tashishlar operatorining mas’uliyatini belgilaydi.
- Havo yo‘li kodeksi – O‘zbekistonning havo bo‘shlig‘idan foydalanishning huquqiy asoslari va yuklarni havo yo‘li orqali tashishda aviatsiya sohasidagi faoliyatni belgilaydi
- Aviatsiya Qoidalari – yuklarni havo yo‘li orqali tashish shartlari, tashuvchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchining huquq va majburiyatlari, havo kemalarining fraxti shartlarini belgilaydi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin