2.KONTEYNER TURLARI VA O’LCHAMLARI
Universal konteyner – to‘g‘ri burchakli shakldagi konteyner, qattiq konstruksiyali, yopiq, ochiladigan yoki olib qo‘yiladigan tomli, keng nomenklaturadagi idish – o‘rovli va donali yuklarni tashish hamda vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan. Universal konteynerlarda barcha paketlangan va donalab tashiladigan yuklar: pachkalangan rangli metallar, metall buyumlar, kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, ehtiyot qismlar, konservalar, quritilgan mevalar, qandolatchilik mahsulotlari, mebellar, gilamlar, sun’iy va tabiiy toladan tayyorlangan mato va gazlamalar, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotoari, idish-tovoqlar va yopiq vagonlarda maydalab va vagonlab tashiladigan juda ko‘p nomdagi boshqa yuklar tashiladi.
Maxsus konteynerlar - bir turdagi yoki fizika-kimyoviy xususiyati buyicha bir guruhga mansub bo‘lgan yuklarni turli transportlarda tashish va ularni muomala jarayonida vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi.
TK-104 “Yuk konreynerlari” texnik Komiteti konteynerlarni asosiy parametrlarini va ishlatish sohasini belgilovchi ISO-668 Standartini ishlab chiqqan. Unda konteynerning tashqi va ichki o‘lchamlari, joizliklar (dopusklar), brutto massasi va konteynerning o‘zining (tarasining) maksimal massasi belgilangan. Shuningdek universal konteynerlarni, konteyner - ssisternalarni, taxlanadigan konteynerlarni, konteynerlarni ortish-tushirish, tashish va mahkamlash vositalarini sinash uslublariga va texnik talablariga 14 ham standartlar ishlab chiqilgan. 2.1-
rasmda turli xildagi universal va maxsus konteynerlar ko‘rsatilgan.
a va b - katta tonnajli universal konteynerlar; b - tentli yopiq universal konteyner; g - yarim konteyner-platformalar; d - izotermik (refrijerator) konteyner; e - suyuq yuklar uchun konteynersisterna; j - o‘rta tonnajli UUK - 2,5 (3) konteyneri; z - o‘rta tonnajli UUK - 5 konteyneri 2.1 - rasm. Konteyner turlari
Halqaro yuk tashishlar uchun xizmat ko‘rsatadigan katta tonnajli konteynerlarning balandligi va eni 2438 mm ga teng qilib, - 5 mm joizlik bilan qabul qilingan. O‘lchamlari karralikda bo‘lgan konteynerlarni o‘zaro birlashtirib, katta o‘lchamdagi komplekt yuk birligini barpo etish mumkin. 15 SHuning uchun konteynerning konstruksion uzunligi, ular o‘rtasidagi kerakli oraliqni ta’minlashi lozim bo‘lgan o‘lchamga qisqartirilgan.
Yоnma-yon konteynerlar bir-birlariga to‘rt dona maxsus biriktirgich (fiksator) lar yordamida birlashtirib qo‘yiladi. ISO ning TK-104 «Yuk konteynerlari» texnik Komiteti brutto massasi 30; 25; 20; 10; 5 va 2,5 tonnali konteynerlarni tavsiya etadi. Eng katta konteyner uzunligi 40 fut (12192 mm) ga teng qilib qabul qilingan. Boshqa konteynerlarning uzunligi esa 76,2 mm oraliqni hisobga olgan holda asosiy modul 5 fut (1524 mm) ga karralikda qabul qilingan.
Sobiq SEV (O‘zaro Iqtisodiy yordam Kengashi) ning transport bo‘yicha doimiy Komissiyasi brutto massasi 2,5 (3) va 5 tonnali universal unifikatsiyalashgan konteynerlarni (UUK) va maxsus guruhlashgan konteynerlarning (MK) turlarini standartlash bo‘yicha tavsiya ishlab chiqqan. Sobiq SEV ga a’zo davlatlarning konteynerlarni asosiy parametrlari ISO konteynerlari parametrlariga mos tushadi. Konteynerlarni ortish - tushirish, taxlash va tashish texnik vositalariga ham standartlar ishlab chiqilgan. MDH ga a’zo davlatlar va Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi hamda Estoniya Respublikasi temir yo‘llarida katta tonnajli brutto massasi 10; 20 va 30 t li, o‘rta tonnajli brutto massasi 5 va 2,5(3) t li universal unifikatsiyalashgan konteynerlar va kichik tonnajli brutto massasi 1,25 va 0,625 t li avtomobillarning unifikatsiyalashgan konteynerlari ishlatiladi. 2.1 - jadvalda ba’zi bir universal unifikatsiyalashgan konteynerlarning asosiy parametrlari berilgan
Konteynerlar: o‘rta tonnajlilar ustma-ust uch qavat, katta tonnajlilari esa ustma-ust olti qavat taxlanganida puxtalikni va mustahkamlikni; mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini qo‘llab ortish-tushirish ishlarini, ombor hamda transport operatsiyalarini xavf-xatarsiz bajarishni; yuklarni transpotda tashishda, saqlashda va ortish-tushirish ishlarini 16 bajarishda asrashni; uning butun va tarkibiy elementlarini yoki ularni alohida qism (polining taxtalarini, eshiklarini, tomlarini, devorlarini va h,k,) larini shikastlanish yoki vayron bo‘lishining ko‘zga ko‘rinmas izlarini qoldirmasdan ajratib olish imkoniyati bo‘lmasligini ta’minlashi lozim.
Konteynerlarni yasash uchun po‘lat listlardan, alyuminiy listlardan, shisha tolalar bilan mustahkamlanib, plastikalar qoplangan, suvga bardoshli elimlar bilan yopishtirilgan faneralardan foydalaniladi. SHuningdek konteynerlarni yasash uchun plastmassadan va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Barcha katta tonnajli konteynerlarning hamma yuqori va ostki burchaklari ommaviy burchak fitinglar bilan jihozlangan. Bu burchak fitinglar konteynerlarni ilib olish va konteynerlarni bir-biriga va harakatdagi sostavlarning poliga mahkamlash uchun moslama bo‘lib xizmat qiladi. Konteynerlarning ostki ramasida avtoyuklagichlarni vilkasi uchun tirqish (o‘yma) lar ham mavjud. Konteynerning etak tomonlarining birida rezina zichlagichli, ikki qanot (tabaqa) li konteynerning butun eni va balandligi bo‘yicha 270° ga ochiladigan eshik joylashgan. Konteynerlarning eshiklari qisuv (siquv) chi konstruksiyali tambalash moslamalari bilan jihozlangan. Ba’zi bir konteynerlarning eshigi yon tomonlarda joylashgan bo‘lishi mumkin, lekin bunday joylashgan eshiklar konteynerlar ichiga mexanizatsiyalashgan yuk ortish va tushirishda ba’zi bir muammo va mushkulliklarni keltirib chiqaradi. Eshigi etak tomonda joylashgan 17 konteynerlarda bunday muammolar va mushkulliklar bo‘lmaydi, chunki uni eshik qanotlari butun eni va balandligi bo‘yicha ochiladi va uni ichiga kichik gabaritli vilkali yuklagichlar paketlangan yuklar bilan yoki alohida yuk joylari bilan bemalol kirib ortish yoki tushirish ishlarini bajarishi mumkin. Konteynerlarning eshik va eshik rama (chorcho‘p) larini konstruksiyalari: barcha turdagi va xos o‘lchamdagi konteynerlarning etak eshiklarini 270° ga va katta tonnajli konteynerlarning yon eshiklarini 180° ga ochilishini; berkitilgan va plombalangan eshikni echib (chiqarib) olishni imkoniyatini bo‘lmasligini ta’minlashi lozim. Konteynerlarning polini perimetri bo‘yicha, ostki ramaga tegib turgan joylari va pol taxtalari o‘zaro tutashgan joylari germetik zichlangan bo‘lishi kerak.
Konteynerlarni ishlab (yasab) - chiqaruvchi korxonalar, ularni standart talablariga muvofiqligini tekshirish uchun: operatsion va qabul - qilish nazoratidan; konteynerlarni tajriba va bosh nusxalarini dastlabki va namunaviy sinovdan; seriyali ishlab chiqarilayotgan barcha konteynerlarni qabul qilish-topshirish sinovidan va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turdagi nazoratdan o‘tgan konteynerlar ichidan tanlab olingan konteyner nusxalarni davriy sinovdan o‘tkazishni ta’minlashlari lozim.
Maxsus katta tonnajli konteynerlar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar: etak va yon devorlaridagi bir yoki bir necha eshik o‘ymalaridan yuk ortiladigan yopiq konteynerlar; tomsiz ochiq konteynerlar; usti tent bilan yopilgan orqa eshikli ochiq konteynerlar; konteyner-platformalar; og‘ir yuklarni tashish uchun yarim balandlikdagi konteyner - platformalar; konteyner -ssisternalar; izotermik (refrijerator) konteynerlar va boshqa turdagi konteynerlar. Ularning barchasini parametrlari ISO me’yorlariga muvofiq bo‘ladilar.
Quyiluvchan, oquvchan yuklarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun brutto massasi 1,25; 5,0; 10,0; 20,0 va 30,0 tonnalissilindr yoki aralash shakldagi, yopiq, tomida, tubida yoki yon devorlarini birida qopqoqli tuynik joylashgan parallelepiped shakldagi sinch (karkas) li konteynerlar ishlatiladi. Tez buziluvchan oziq - ovqat mahsulotlar uchun brutto massasi 10; 20 va 30 tonnali parallelepiped shakldagi, yopiq izotermik, bir etak tomonida eshik va ikkinchi qarama - qarshi etak tomonida mashina bo‘limi joylashgan 19 konteynerlar ishlatiladi. Quyuluvchan va sochiluvchan yuklarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun ko‘pincha yumshoq elastik, hajmi 0,2 dan 10,0 m3 gacha bo‘lgan konteynerlardan ham foydalaniladi. Ular uzilishga va egilishga qarshi yuqori mustahkamlikka ega, quyosh nurlari ta’siriga barqaror, eyilishga chidamli va o‘zining massasi esa nihoyatda kam. Sochiluvchan kimyo mahsulotlarini turli transportlarda tashish va muomala jarayonida vaqtinchalik saqlash uchun brutto massasi 1,5; 2,0; 4,0; tonnali va o‘zining massasi 25; 50 va 100 kg bo‘lgan rezinokordli yumshoq elastik konteynerlardan foydalinaladi.
Dostları ilə paylaş: |