Konveyer transportida otval xosil qilish


Portlovchi skvajinlarini burg‘ilash usullari



Yüklə 95,36 Kb.
səhifə9/23
tarix19.09.2023
ölçüsü95,36 Kb.
#129129
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari

5.1. Portlovchi skvajinlarini burg‘ilash usullari.
Tog‘ jinslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qazib olish imkoni bo‘lmagan yoki ularni massivdan dastlabki yumshatmasdan ajratib olish va yumshatish qiyin bo‘lgan hollarda portlatish ishlari qo‘llaniladi. Ochiq kon ishlarida qoyali tog‘ jinslari konlarida deyarli barcha kon ishlari tog‘ jinslarini portlatish usuli bilan dastlabki yumshatish bilan amalga oshiriladi. Bu esa o`z navbatida yuqori ish unmdorlikka ega bo‘lgan burg‘ulash texnikasini qo‘llashni talab etadi. Konning kon-geologik sharoitlari, masshtabi, qazib olish tizimi parametrlari va tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari burg‘ulash dastgohini tanlashga ta’sir etadi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari birbiridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun portlovchi skvajinalarni burg‘ulashda bir-biridan skvajina kovjoyiga ta’siri xususiyati bo‘yicha farq qiluvchi turli turdagi burg‘ulash dastgoxlari qo‘llaniladi. Burg`ulanish-tog` jinslarini burg`ulash asboblari bilan burg`ulashda ularni parchalanishga qarshilik darajasi. Karyerlarda skvajina va shpurlarni burg‘ulash maxsus, tog‘ jinslarini yumshatgichlar (burg‘ulovchi) mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Skvajina kovjoyiga mexanik ta’sir etish (zarbli, aylanma va zarbli – aylanma burg‘ulash); 2. Skvajina kovjoyiga fizik ta’sir etish usuli (termik, gidravlik, portlatish va b.)  SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi, aylanma burg‘ulovchi dastgox (sharoshkali burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 mm dan 400 mm gacha. Tog‘ jinsi mustaxkamligi =6÷18;  SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli aylanma burg‘ulash dastgoxi (pnevmozarbli burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 160 mm. Tog‘ jinsi mustaxkamligi  =10÷20;  SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi, kesuvchi koronkali aylanma burg‘ulash dastgoxi - burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 va 200 mm. Tog‘ jinsi mustaxkamligi =1÷6; Barcha shartli belgilar dastgox turi va burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri (millimetrlarda ko‘rsatiladi) dan iborat. Masalan: SBSH-320-36. Skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi – 36 m. Hozirgi kunda karyerlarda turli modeldagi turli stanoklar qo‘llanilmoqda, biroq portlovchi skvajinlarning 85% i sharoshkali burg‘ulash dastgoxi bilan burg‘ulanadi. f f f Skvajinalarni burg‘ulash – ayniqsa qoyali, parchalanishi qiyin bo‘lgan tog‘ jinslarida ish hajmi katta va qimmat turuvchi jarayondir. Burg‘ulashdan maqsad – tog‘ jinsi massivida skvajina va shpur hosil qilishdan iboratdir. Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash samaradorligi burg‘ulash tezligi bilan aniqlanadi.



Yüklə 95,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin