7.2. Mexanik kurakli ekskavatorlar va draglaynlarning texnologik parametrlari. Bir cho‘michli ekskavatorlar qanday ishlarga m oijallanganligi va o‘ziga xos konstruksiyalari bo‘yicha besh tipga boiinadi: gusenitsali yoki pnevmog‘ildrakli, cho‘michining hajmi 0,16 - 2,5 m3 bo‘lgan qurilish ekskavatorlari (tipi ЭС). gusenitsali, cho‘michining hajmi 1,25-8 m3 bo‘lgan karyerqurilish ekskavatorlari (tipi ЭКСГ), gusenitsali, cho‘michining hajmi 2-20 m3 bo‘lgan karyer ekskavatorlari (tipi ЭКГ), gusenitsali, cho‘michining hajmi 4-100 m3 bo‘lgan ochish ekskavatorli (tipi ЭВГ) va cho‘michining hajmi 4-120 m3 boigan odimlovchi draglaynlar (tipi Э111).
Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming ishchi parametlarini qazish balandligi va radiusi hamda to‘kish (bo‘shatish) radiusi tashkil qiladi. Ushbu parametrlarning qiymati ekskavatoming strelasi va rukoyati uzunligiga bogiiq boiadi.
Qazish radiusi (Rq) - ekskavatoming aylanish o‘qidan qazish vaqtidagi cho‘mich tishining tigigacha boigan gorizontal masofa.
Qazish balandligi ( Hq ) - qazish vaqtidagi ekskavator turgan gorizontdan cho‘mich tishi tig‘igacha bo'lgan vertikal masofa.
Yuklash radiusi ( R yu) - ekskavator aylanish o'qi bilan kon massasini to'kish vaqtidagi cho'mich markazigacha bo'lgan gorizontal masofa.
To‘kish balandligi (H) - ekskavator turgan gorizont bilan cho'michdagi kon massasini to'kilayotgandagi ochilgan cho'mich qopqog'ining eng pastki qirrasigacha bo'lgan vertikal masofa.
Draglaynlaming ishchi parametrlarini qazish radusi Rq qazish chuqurligi Hq, to'kish radusi Rt va to'kish balandligi Ht.d. tashkil qiladi. Bulaming qiymatlari strelaning uzunligi va qiyalik burchagiga bog‘liq boiadi.
Cho‘michning itqitish masofasi ekskavator modeli va haydovchining mahoratiga bogiiq boiib, 2,5 m dan 15 m gacha boiishi mumkin. Cho‘mich itqitilganda ko‘tarish simarqonining vertikalga nisbatan hosil qiladigan burchagi 12 -15° ni tashkil qiladi.
Draglaynning qazish chuqurligi Hqch - ekskavator turgan gorizontdan qazib olinayotgan pog‘onaning ostki maydonigacha (yoki lahim tubigacha) boigan vertikal masofa. Strelaning qiyalik burchagi 30-35° ni tashkil qiladi, qiyalik burchagining kamayishi qazish radiusi va chuqurligining oshishiga olib keladi. Draglayn siklini tashkil qiluvchi operatsiyalar quyidagi tartibda bajariladi: cho'michni kavjoyga itqitish, cho‘michni ishchi holatga keltirish, massivni qazish (cho‘michni toidirish), cho‘michni kavjoydan chiqarib olish, kon nassasini to‘kish joyiga burilish, cho'michni bo‘shatish va kavjoy tomonga burilib, dastlabki holatga qaytish.