Konveyer transportida otval xosil qilish


Kon jinslarini transport qilish



Yüklə 95,36 Kb.
səhifə4/23
tarix19.09.2023
ölçüsü95,36 Kb.
#129129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari

2.2. Kon jinslarini transport qilish
Karyer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kavjoydan to‘kish punktlariga tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Konlami qazib olish samaradorligi karyer transportining aniq ishlashiga bog‘liq.
Karyer transporti jarayonlari o‘ta mehnattalab bo‘lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65% ni ayrim hollarda esa, 60 - 65% ni tashkil qiladi. Kon ishlarini olib borishning quyidagi maxsus sharoitlari karyer transportining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: - qisqa tashish masofasida katta hajmdagi yuklami transport qilishning markazlashgan (bir tomonlama) ycf nalishiga ega bo'lishi; - transport vositalarini yuklash punkti (kavjoyni) va yukni to‘kish punktlarini doimiy o‘zgarib turishi tufayli transport kommunikatsiyalarini davriy surilib turishi; - yukni tashish yo‘nalishida transport vositalarining ma’lum balandlikka ko'tarilishi zarurligi; - tashiladigan kon massasining qattiqligi, zichligi, timovchanligi va undagi jins bo‘laklarining turli o‘lchamlarga ega bo‘lishi transport uskunalarining pishiq va yuritkichlari quvvati yuqori boiishini talab qiladi.
Vaqt birligi ichida (soat, smena va h.k.) tashilishi lozim bo‘lgan foydali qazilma va qoplama jinslar hajmi (tonna yoki m3) karyer yuk aylanmasi deyiladi.
Vaqt bo‘yicha turg‘un tashish yo‘nalishi tavsifiga ega bo‘lgan yuk aylanmasi (yoki uning bir qismi) yuk potoki deyiladi.
Harakatlanish prinsipiga ko‘ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to‘kish punktlarigacha), yukni to‘kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o‘rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig‘indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (temiryo‘l, avtomobil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to‘kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo‘ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda parallel bajariladi.



Yüklə 95,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin