Ko`priklarni qurilish tarixi. Jahon temirbeton kо‘priklari qurilishning keyingi 10 yildagi taraqqiyoti yangi original inshootlar qurilishi bilan xarakterlanadi. SNGda Moskva, Volga, Dnepr, Don kabi daryolar ustidan qurilgan yirik uzluksiz tо‘sinli kо‘priklarning oraliq qurilmalari uzunligi 166m. gacha yetadi. Avstraliyada Brisben daryosi ustidan rekord uzunlikdagi oraliq qurilmasi 260m. ga teng bо‘lgan tо‘sinli kо‘prik qurilgan. Temirbetonli qurilmalar katta oraliq qurilmalar qurilishida keng foydalanilmokda. Masalan, Yugoslaviyada qurilgan kо‘prik oraliqni quruqlik bilan tutashtiruvchi, oraliq qurilmasi 390m. bо‘lgan ravoqli yig‘ma - yaxlit qurilmali kо‘prik, Ispaniyada esa oraliq qurilmasi 440m. bо‘lgan vantli Barryus de Luna kо‘prigi qurilgan [2].
Barcha temirbeton kо‘priklar sistemasi ichida eng sodda va qurishga qulayi tо‘sinli kо‘priklar bо‘lib, oralig‘i 84m. gacha bо‘lgan joylarda keng qо‘llanilmokda. Yig‘ma temirbetondan oraliq qurilma va tayanchlardan foydalanishning asosiy afzalligi - bu yig‘malik koeffitsiyentning va qurilish jadalligining yuqoriligidadir. Yig‘ma temirbeton kо‘priklar qurilishining hozirgi rivojlanishi kо‘prik qurilmalarini: oraliq qurilmalari, tayanchlari, poydevolarini standartlashtirish va andozalashtirishga asoslangandir. Ayniqsa, oraliq qurilmalari uzunligi 33 m.gacha bо‘lgan uzlukli tо‘sinli kо‘priklar elementlarini andozalashtirish va standartlashtirish va ularni zavodlarda industrial tayyorlashda katta yutuklarga erishilmokda .
Keyingi 10 yil ichida harorat choklari oraliq qurilmasi uzunligi 700 va undan yuqori bо‘lgan uzluksiz tо‘sinli kо‘priklar hajmining oshganligi aniqlandi. Kо‘prikni loyihalash — bir necha ketma - ket bosqichlarda hal qilinadigan murakkab muhandislik vazifasidir. Boshlang‘ich bosqichda kо‘prikning bosh о‘lchamlarini aniqlanadi, oraliq qurilmalar uzunliklari belgilanadi, oraliq qurilmalar, tayanchlar va poydevolarining turlari tanlanadi. Buni kо‘prik inshootining turli variantlarini ishlab chiqish va ularni solishtirish yо‘li bilan hal qilinadi. Variantli loyihalash asosida kо‘prikning optimal konstruktiv-texnologik yechimlari tanlanadi.
Talaba kо‘prik variantlarini muvaffaqiyatli ishlab chiqarishi uchun, kо‘priklarni loyihalash, zamin va poydevolar, kо‘priklar qurilishi kurslari bо‘yicha, hamda ularga yaqin bо‘lgan: qurilish mexaniqasi, qurilish iqtisodiy va boshqa kurslar bо‘yicha chuqur bilimga ega bо‘lishi kerak. Ushbu qо‘llanma vatanimizdagi yig‘ma temirbeton tо‘sinli kо‘priklarni loyihalash va qurilishi tajribalarini umumlashtirishi asosida ishlab chiqilgan.