Koreya va Yaponiyaning ilgʻor pedagogik tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish
Koreya va Yaponiyaning ilgʻor pedagogik tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish
Reja Koreya taʻlim tizimi.
Yaponiya taʻlim tizimi.
Koreya taʻlim tizimi. Janubiy koreya taʻlim tizimi Janubiy Koreya Respublikasi koʻplab tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo – Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart boʻlgan asosiy vazifa - oʻz anʻanaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻz madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning anʻanaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bogʻlashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning taʻlim tizimi UNISEF ekspertlari xulosasiga koʻra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng samaralisi” deb tan olingan.
Janubiy Koreyada bolalar bogʻchasi umumtaʻlim turiga kirmaydi. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha tashkilotlarga beradilar. Bu tashkilotlarda mashgʻulotlar koreys tilida, ingliz tilida, baʻzilarida faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bogʻchasiga 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Bolalar bogʻchasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bogʻchalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari oʻtiladi. Koreys bogʻchalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta eʻtibor beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yilgacha boʻlishi mumkin. Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yoʻqligi, davlat bogʻchalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar oʻzlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi oʻyinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda oʻzini tutish va shaxsiy gigiyena koʻnikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlar Koreya maktabgacha taʻlim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi. Alohida eʻtibor qaratish lozim boʻlgan yana bir jihat, davlat jamiyatning eng himoyalanmagan qatlamlari, kam taʻminlangan oilalar va nogiron bolalarga, birinchi navbatda gʻamxoʻrlik koʻrsatadi va bogʻchalarga qabul davomida ularga ustuvorlik prinsipini qoʻllaydi va shu sababli ham, Koreyada inklyuziv taʻlim prinsiplari tahsinga sazovordir. Koreyaning taʻlim tizimiga kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan va tertakrufida maktabgacha taʻlim muassalari boʻlgan oliy taʻlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sanmyong Universiteti, (Sangmyung University) hamda Chung-Ang Universiteti (Chung-Ang University) bilan kelishuvlar imzolandi, shuningdek, Chonnam Milliy Universiteti (Chonnam National University) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Kelishuvlar va Memorandum doirasida quyidagi sohalardagi hamkorlik nazarda tutilgan: talabalar, ilmiy-pedagogik va boshqaruv mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashinuvlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qaratilgan choralar, jumladan eng yangi dasturlar va uslublarni joriy qilish, hamkorlikda tadqiqotlar, konferensiyalar, koʻrgazma va seminarlarni amalga oshirish, maktabgacha taʻlim mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha maxsus qoʻshma magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekistonda eksperimental ravishda Koreya tizimiga asoslangan eksperimental bogʻchalarni tashkil etish kabi muhim vazifalar nazarda tutilgan. Maktabgacha taʻlim vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida bolalarning erta rivojlanishi va maktabgacha taʻlim tizimi sohasiga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uchrashuvlar ham oʻtkazildi. Jumladan, 2017-yilning 23-noyabr kuni Koreya bolalar parvarishi va va maktabgacha taʻlim masalalarini oʻrganish Instituti (KICCE) bilan kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida Maktabgacha taʻlim vazirligi va KICCE hamkorligida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkaziladi, pedagogik kadrlarni tayyorlash orqali tajriba almashinuviga qaratilgan dasturlar amalga oshiriladi, seminarlar va konferensiyalar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda hamkorlik asosida maktabgacha taʻlim tizimini rivojlantirish strategiyalarining ishlab chiqilishi, taʻlim dasturlari va standartlarining qayta koʻrib chiqilishi, taʻlim statistikasini joriy qilish nazarda tutilgan. Seul bolalarni erta rivojlantirishga koʻmaklashish Instituti (Seoul Early Childhood Education Promotion Institute) bilan 2017-yilning 22- noyabr kuni oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida qoʻshma tadqiqotlarni oʻtkazish, tajriba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatini beruvchi hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadqiqot tashkilotlarini tashkil etish, oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash borasida kelgusida hamkorlik bitimlarini imzolash kelishib olindi.
Boshlangʻich taʻlim. Koreyslar “chxodin xakkyo” deb ataydigan boshlangʻich maktabga 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlganlar qatnaydi. Bu yerda 6 yoshdan oʻqishi boshlanganlar ham topiladi. Oʻqish muddati — 6 yil. Koreys tili, matematika, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, chet tillar, tasviriy sanʻat va musiqa oʻrganiladigan fanlarga kiradi. Odatda ushbu fanlarning barchasi bir nafar sinf rahbari tomonidan oʻqitiladi. Biroq baʻzi ixtisoslashtirilgan fanlarni boshqa pedagog oʻtishi mumkin. Taʻlim tizimining boshlangʻich maktabdan oʻrta maktabga oʻtish bosqichi turli imtihonlar natijasi asosida emas, balki faqat bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Oʻqish muddati 6 yil, majburiy va bepul.
Koʻpgina ota-onalar farzandini qoʻshimcha “xagvonam” deb nomlanadigan xususiy maktablarda oʻqitadi. Janubiy Koreyada davlatga qarashli boshlangʻich maktablardan tashqari qator xususiy maktablar ham mavjud. Ularning oʻquv dasturlari davlat tashkilotlarinikiga ozmi-koʻpmi mos keladi, ammo u ancha yuqori darajada amalga tatbiq etiladi: kam sonli bolalarga koʻp pedagoglar dars beradi, qoʻshimcha fanlar oʻqitiladi va umuman, taʻlimning yuqori standartlari joriy etiladi. Biroq ularda oʻqish narxi ancha yuqori. Koreys tilida ikkinchi bosqich maktabi “chunxakkyo” deb nomlanadi. Soʻzma-soʻz tarjima qilinganda “oʻrta maktab” degan maʻnoni anglatadi. Koreys ikkinchi bosqich maktabi 3 sinfdan iborat. Aksariyat bolalar unda oʻqishni 12 yoshda boshlab, 15 yoshda tugatadi.
Ikkinchi bosqich maktabi oʻz bolalariga boshlangʻich maktabga qaraganda ancha yuqori talablar qoʻyadi. Deyarli har doim bolalar hayotining boshqa jihatlari kabi kiyim va soch turmagi qatʻiy tartibga olinadi. Boshlangʻich maktabda boʻlgani kabi bolalar kunning asosiy qismini sinfdoshlari bilan bir sinfda oʻtkazadilar, ammo har bir fan oʻz pedagogsi tomonidan oʻqitiladi. Pedagoglar sinfdan sinfga yurib dars beradi. “Maxsus” fandan saboq beriladigan baʻzi xonalarga bola oʻzi boradi. Sinf rahbarlari (koreyscha “tamim sonsennim”) bolalar hayotida muhim rol oʻynaydi va boshqa yurtlardagi hamkasblariga qaraganda katta obroʻga ega. Ikkinchi bosqich maktabi bolalariga kuniga oltita dars oʻtiladi. Ularga odatda har kuni ertalab darsdan oldin boʻladigan bitta maxsus vaqt bloki hamda har bir mutaxassislik uchun alohida yettinchi dars ham qoʻshiladi. Universitetdan farqli oʻlaroq, bir maktabdagi oʻquv dasturi boshqasidan farq qilmaydi. Oʻquv dasturining asosini quyidagilar tashkil etadi: matematika, koreys va ingliz tillari, shuningdek, bir qator aniq fanlar. Qoʻshimcha fanlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sanʻat turlari, jismoniy madaniyat, tarix, xancha (xitoy iyeroglifikasi), etika, oila iqtisodiyotini yuritish, kompyuter savodxonligi. Oʻqiladigan fanlar va ularning soni har yili oʻzgarib turadi. Baholar universitetga kirishga taʻsir qiladi Dars davomiyligi — 45 daqiqa. Birinchi dars boshlanishidan oldin bolalarga oʻz xohishiga koʻra mustaqil oʻqish, maxsus taʻlim kanali (Education Broadcast System, EBS) tomonidan efirga uzatiladigan dasturlarni tomosha qilish yoki shaxsiy yumushlar, shuningdek, sinf ishlarini bajarish uchun sarflashlari mumkin boʻlgan 30 daqiqa beriladi. Bolalar dushanbadan jumagacha toʻliq kunlik darslarga, har oyning birinchi, uchinchi va beshinchi shanbasida yarim kunlik mashgʻulotlarga qatnaydi. Shanba kuni bolalar biror toʻgarakda qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan band boʻladi. Boshlangʻich maktabda boʻlganidek, bolalar oʻzlashtirish darajasidan qatʻiy nazar, sinfdan sinfga oʻtadilar. Natijada bitta fanni bir sinfda oʻquv tayyorgarligi mutlaqo farqli boʻlgan bolalar oʻrganishi mumkin. Texnik kasbda emas, balki ilmiy sohada ishlamoqchi boʻlganlar uchun taʻlimning soʻnggi yilida baholar juda muhim rol oʻynay boshlaydi. Chunki ular bolaning muayyan universitetga kirish imkoniyatiga taʻsir qiladi. Baʻzi fanlar boʻyicha imtihonlarning bir nechta standart shakli mavjud. Ilmiy fanlar pedagoglari tavsiya etilgan oʻquv qoʻllanmalariga amal qilishi shart. Odatda ikkinchi bosqich maktabi pedagoglari kurs dasturi va oʻqitish uslubi borasida universitet pedagoglariga nisbatan koʻproq vakolatga ega.
Ikkinchi bosqich maktabining koʻplab bolalari darsdan soʻng qoʻshimcha kurslarga (“xagvon”) qatnaydi yoki xususiy repetitorlardan taʻlim oladi. Ingliz tili va matematikaga alohida eʻtibor qaratiladi. Baʻzi “xagvon”lar faqat bitta fanga, boshqalari esa barcha asosiy fanlarga ixtisoslashgan. Shuning uchun ham koʻpincha bolaga yanada koʻproq yuk tushadi. Bundan tashqari, baʻzi bolalar jang sanʻati toʻgaraklariga yoki musiqa maktablariga qatnaydi, uyga kechqurun qaytadi.
Koreys yuqori maktabi “kodinxakkyo” deb nomlanadi. Janubiy Koreyadagi bunday maktablarda 15 — 17 yoshli bolalar uch yil oʻqishadi. Maktablar bolaning manfaatlariga mos keladigan va uning karyerasiga mutanosib ixtisoslashgan boʻlimlarga boʻlinishi mumkin. Masalan, “ilmiy” oʻrta maktablar (Science high school), chet tillarni oʻqitish va sanʻat maktablari shular jumlasidan. Ularning barchasi kirish uchun murakkab imtihonlar topshirishni talab etadi. Yuqori maktablarni ham davlat maktablari va xususiylarga ajratish mumkin. Bunday maktablar hech qanday mutaxassislik oʻrgatmaydi, balki oʻz bolalarini universitetga kirishga tayyorlaydi. Asosiy fanlar koreys va ingliz tillari, matematika, shuningdek, turli ijtimoiy va tabiiy fanlarni oʻz ichiga oladi. Muayyan fanlar va ularni oʻqitish darajasi bunday oʻquv yurtlarining ixtisosligiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Yuqori maktab bolalari uchun “oʻz-oʻzini oʻqitish” intensiv mashgʻulotlaridan uyga yarim tunda qaytish odatiy hol. Boshlangʻich va ikkinchi bosqich maktablaridan farqli oʻlaroq, yuqori maktabda oʻqish majburiy emas. Biroq, hisob-kitoblarga koʻra, 2005-yili yosh koreyslarning 97 foizi yuqori maktabni ham tugatgan