f1091a974d4aef3b447b04bfedf9653a tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish orqali eksport qiluvchi korxonalarni qollab-quvvatlash masalalari asaka aksiyadorlik tijorat banki misolida
10-rasm. Aksiyadorlik-tijorat «Asaka» ATBning tashqi savdoga xizmat ko‘rsatishdan olgan sof daromadlari miqdori42, mln. so‘m
Tijorat banklari kredit amaliyotlarini tahlil qilishda ajratilgan kreditlarning qaysi mijozlarga va qaysi sohaga berilishini xam ko‘rib chiqishimiz lozim.
Bundan tashqari ushbu paragrafda tijorat banklarini kreditlash amaliyotiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bilan bog‘lanishlarini ekonometrik tahlil usullari orqali yoritishga harakat qilamiz.
Demak “Asakabank” ATB faoliyatini oxirgi 5 yilligini shartli ravishda o‘rganinish natijasiga ko‘ra yuqorida keltirilgan nazariyaga zid holatni ko‘rishimiz mumkin. Buning sababi sifatida quyidagilarni fikrimizcha ko‘rsatishimiz mumkin.
Birinchidan, tijorat banklari yuqorida aytilganidek kreditga bo‘lgan talabni hali xam to‘liq qondira olmaganligi sababli kreditlar foizi oshsada kredit talabi kamaymagan
Ikkichidan, depozitlarga to‘lanadigan foizlarni oxirgi yillarda pasaymaganligi hamda banklarning resurs bazasi yetarli darajadamasligi, buning natijasida banklar kredit foizini oshiradilar.
Ohirgi yillarda barcha tijorat banklarini kreditlarining yillik o‘rtacha foiz stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra yillik o‘rtacha foiz stavkalari oxirgi
42 F.X.Axmedov O’zbekistonda tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko’rsatishini takomillashtirish: i.f.b. PhD avtoreferati. – BMA, Toshkent. 2018. – 49 b.
yillarda pasaygan. Buning sababi mamalakatimizning ba’zi tijorat banklari kreditlash amaliyotida shunda holatni kuzatishimiz mumkinki, unga ko‘ra kredit ajratish jarayonida mijoz bilan kredit shartnomaga past foizni ko‘rsatgan holda shartnomaga yana shunday bandlar qo‘shiladiki ularda mijoz “kreditga xizmat ko‘rsatish”gani uchun qo‘shimcha haq to‘laydi. Bu “haq” xam kredit foizi singari kredit qoldig‘iga asosan hisoblanadi. Masalan kredit shartnomasida kredit foizi 12 foiz qilib belgilanadi. Mijozga kredit 24 foiz deb tushuntiriladi. Qo‘shimcha bandlarda “kreditga xizmat ko‘rsatish” uchun yana oyiga 1 foiz miqdorida haq to‘lash ko‘rsatiladi va yillik 12 foiz bo‘ladi. Demak jami kredit foizi 24 foizga yetadi.
Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda.
Kreditlash bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Bankning kreditlash siyosati xalqaro tajribaga tayangan holda qarzdorliklarni diversifikatsiya qilish orqali xatarlilik darajasini kamaytirish hamda bank daromadlilik darajasini oshirish bilan uning raqobatbardoshlik holatini mustahkamlashga qaratilgan. Bankning kreditlash bozoridagi ustuvor yo‘nalishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. “Asakabank” ATB ham bu borada mamlakatimiz banklari orasida o‘zining munosib o‘rniga ega.
Shu bilan birga tijorat banklari jumladan, “Asakabank” ATB so‘ngi 5 yillik ma’lumotlariga qaraganda bankning kreditlash bilan bog‘liq muammolarini ko‘rishimiz mumkin. Bunda banklarimiz imkon qadar kreditlashni ham miqdor ham sifat jihatidan oshirib borishga harakat qilsada, haligacha banklarimizning bank kreditlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondira olmaganini ko‘rishimiz mumkin.