(mlrd.so‘mda)
Bank kredit portfeli umumiy miqdori 1055,1 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
34“Asaka” ATBning yillik hisobotlari asosida tayyorlandi.
Bank kredit portfeli sifati yuqori darajada saqlanib kelinmoqda. yillik taqqoslaganda muammoli kreditlar ulushi deyarli o‘smagan va Bank kredit portfelining 4,0 foizini tashkil qilgan.
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish siyosati negizida pul resurslarining bozor bahosi, shuningdek raqobatchi banklar takliflarining doimiy monitoringini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida Bank tomonidan mijozlarga aktual kredit mahsulotlarini bozor bahosida taklif etish imkonini yaratadi. Kreditlash nuqtai nazaridan asosiy e’tibor ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan, asosiy aylanmalari hajmi bankdagi hisobvaraqlari orqali o‘tadigan korxonalarga qaratilmoqda.
rasm. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kredit portfeli tahlili35
Bankning aktiv amaliyotlarini diversifikatsiyalash siyosati natijasida kredit quyilmalari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi, xususan sanoatga 102,9 mlrd. so‘m, qishloq xo‘jaligiga 414,4 mlrd. so‘m, transportga 5,9 mlrd. so‘m, qurilishga 53,5 mlrd. so‘m, savdoga 87,4 mlrd. so‘m, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasiga 89,1 mlrd. so‘m va boshqa tarmoqlarga 75,9 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda ajratildi.
35“Asaka” ATBning 2016 yil yakuniga bag‘ishlangan hisobotlari asosida tayyorlandi.
Kreditlarning qaytmaslik xatarini xedjirlash maqsadida Bank yil davomida kredit portfelini zahiralar bilan qoplanishini ta’minlagan. Mazkur holat kreditlarni hisobdan chiqarish tufayli foyda miqdorining o‘zgarishlaridan holi bo‘lish, moliyaviy faoliyatga barqaror shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. 2016 yil yakuniga shakllantirilgan zaxiralarning kredit portfeliga nisbati 4,7 foiz darajasida bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |