II.BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI IMTIYOZLI KREDITLASH AMALIYOTINING HOLATI VA TAHLILI
O’zbekiston tijorat banklari imtiyozli kreditlash amaliyotining zamonaviy holati va tahlili
Jamiyatning rivojlanishi hamda bozor munosabatlarining qaror topishi ko‘p sonli banklar va ularning xilma-xil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarga aylanishiga zamin yaratadi. Banklar orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash, qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarini sotib olish hamda sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa qator moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalarining o‘rni alohida bo‘lib, birlamchi ahamiyatini saqlab qoldi. Ayni vaqtda, banklar faoliyatida kreditlash amaliyotining o‘rni va ahamiyati kundan - kunga oshib bormoqda.
Xalqaro bank amaliyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan,G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkichning o‘rtacha darajasi 42 foizni, Yaponiyada 64 foizni, Rossiyada 17 foizni tashkil etgan26.
Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘ini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
26 Кредитование реального сектора экономики. Материалi круглого стола конференции // Банковское дело. –
Москва, 2014.- №5 -С.3.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari va kredit qo‘yilmalari dinamikasi27, (mlrd. so‘m)
Dostları ilə paylaş: |