Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix16.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#116987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs 519

 
 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek 
“Islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa 
tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini 
keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni 
pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini 
so’zsiz oshirish. Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 10 foizga qisqartirilgan 
bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa 
bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda 
raqobatdosh bo’la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.”
1
deb 
ta’kidlaganlar. Shuningdek,
2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning PF-4947 sonli farmoni bilan
2
2017-2021 yillarda 
O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu xarakat strategiyaning uchinchi ustivor yo’nalishi
 
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da: 
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizasiya 
va 
diversifikasiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
bandida 
respublikamizda 
kelgusida 
milliy 
iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, 
xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini 
ko’paytirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. Shu sababli, iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot 
ishlab 
chiqarishda 
tejamkorlik 
tizimini 
joriy 
etish, 
investisiyalarning 
samaradorligini ta’minlash, korxonalarning raqobat mavqeini mustahkamlash va 
mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, asosiy vositalarni yangilash va ulardan 
1
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi 
bo’lishi kerak. –T. : O’zbekiston. 2017. 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. “Halq so’zi gazetasi”. 2017 yil 8 fevral’.. 



samarali foydalanish, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda samaradorlikni 
ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirishga tobora ko’proq ehtiyoj 
sezilayotganligi ma’lum bo’lmoqda.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin