Birinchidan,maqsadli kompleks dasturlarga muvofiq yangi ob’ektlarning ishga tushirilishi, ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlash va kengaytirish natijasida 396,9 mingta ish o‘rinlari tashkil etiladi, shundan 130,8 mingtasi – sanoatda (shu jumladan, 15,5 mingtasi – kichik sanoat hududlarida), 69,3 mingtasi – xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 54,5 mingtasi – qishloq xo‘jaligida, 56,7 mingtasi – qurilishda, 45,8 mingtasi – ishlamasdan turgan korxonalarni tiklash hisobiga.
Hududlar bo‘yicha mazkur yo‘nalishda ish o‘rinlarining asosiy qismi Andijon (52,2 mingta), Farg‘ona (33,9 mingta), Qashqadaryo (34,0 mingta), Samarqand (28,7 mingta), Namangan (27,1 mingta), Surxondaryo (28,7 mingta), Sirdaryo (26,3), Buxoro (23,4 mingta), Toshkent (20,4 mingta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (57,9 mingta) tashkil etiladi.
Ikkinchidan,xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish natijasida 338,4 ming nafar kishining bandligi ta’minlanadi.
YAkka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda qabul qilingan maxsus Farmonlariga muvofiq xususiy mulkchilikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’ektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qoladi – tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 13,2 trln. so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan ishchi kuchi bozorida keskinlik mavjud bo‘lgan olis qishloq hududlarida ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Uchinchidan,uy mehnatining, eng avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalariga asoslangan kasanachilik mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida band bo‘lmagan 142,9 ming nafar fuqarolarni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini, shuningdek qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining ish bilan ta’minlanish imkoniyati yaratiladi.
Oilaviy tadbirkorlik sharoitida, boshqa faoliyat shaklida to‘g‘ri kelmaydigan ishchi kuchining o‘zgaruvchanligi va mehnat taqsimoti muhim hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining boshqa sharoitda ishsiz qoladigan toifalari – yosh bolali ayollar va ishchi kuchi bozorida raqobatga bardosh bera olmaydigan boshqa shaxslarni ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi.
Kasanachilik ish o‘rinlari an’anaviy hunarmandchilik markazlari hisoblanadigan mintaqalarda – Farg‘ona (23,5 mingta), Qashqadaryo (21,4 mingta), Buxoro (14,0 mingta), Toshkent (13,3 mingta), Samarqand (11,1 mingta), Xorazm (9,1 mingta), Andijon (7,4 mingta), Namangan (7,1 mingta) viloyatlarida, shu jumladan Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlarida, Amudaryo, To‘rtko‘l, Asaka, Paxtaobod, SHaxrixon, Vobkeng, G‘ijduvon, Jondor, Nurota, Qiziltepa, Kosonsoy, Uychi, CHortoq, CHust, SHaxrisabz, Kitob, CHiroqchi, Urgut, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Rishton, Xovos, Xiva, Xazorasp va boshqa tumanlarda ko‘plab tashkil etiladi.