O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlari hamda istiqbollari…………………………................30
2.3. O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlari hamda istiqbollari…………………………................30 III-BOB. XULOSA....................................................................................................................35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...........................................................................36
KIRISH Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni xohlovchilarning hammasini ish bilan ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal ishchi kuchi bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo’lgan shaxslarni to’la hisobga olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasining 4.1-bandi Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish deb nomlanib, unda “yangi ish o’rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish” lozimligi to’g‘risida alohida to’xtalib o’tgan. Shunga ko’ra, Bandlik va ishsizlik, ularning turlari va darajasini tadqiq etishga qaratilgan mazkur kurs ishi mavzusi o’ta dolzarb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasini Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Mamlakatimizni 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Yurtimizda yiliga 3.2 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo’lsa-da, o’tgan yili Bandlikka ko’maklashish markazlari atigi 320 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq.” deb ta’kidlab o’tdi.
Shuning uchun, O’zbekistonda yangi ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Ushbu kurs ishida ishchi kuchi bandligi to’g‘risidagi turli xil nazariyalar sharhi, ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlash, O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili,O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli dasturlarini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili, O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlari hamda istiqbollari yoritilib beriladi.