3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi bozoridagi vaziyat (2019 yil)
№
|
Hududlar
nomi
|
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar soni
|
shundan ishga joylashti-rilganlar
|
Xaq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnash-ganlar
|
Kasbga tayyorlashga yuboril-ganlar
|
Kvota o‘rinlariga ishga joylashtiril-ganlar
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
20033
|
19834
|
1041
|
238
|
2568
|
|
Viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
31754
|
30546
|
310
|
230
|
6839
|
3.
|
Buxoro
|
21173
|
20559
|
121
|
135
|
7225
|
4.
|
Jizzax
|
14639
|
13767
|
497
|
373
|
2607
|
5.
|
Qashqadaryo
|
25435
|
24441
|
486
|
263
|
2595
|
6.
|
Navoiy
|
12508
|
11610
|
165
|
165
|
5132
|
7.
|
Namangan
|
27761
|
26547
|
2087
|
456
|
5996
|
8.
|
Samarqand
|
38545
|
37691
|
1106
|
582
|
11650
|
9.
|
Surxondaryo
|
12055
|
11181
|
233
|
233
|
4482
|
10.
|
Sirdaryo
|
6737
|
6092
|
155
|
162
|
1476
|
11.
|
Toshkent
|
20331
|
19288
|
280
|
209
|
10512
|
12.
|
Farg‘ona
|
41042
|
40227
|
702
|
652
|
12974
|
13.
|
Xorazm
|
16064
|
14139
|
767
|
876
|
2908
|
14.
|
Toshkent sh.
|
12106
|
8216
|
22
|
2920
|
12853
|
Jami
|
300183
|
284138
|
7972
|
7494
|
89817
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qarorining ilovasiga asosan ishga joylashish darajasini baholash mezoniga ko‘ra indikator ko‘rsatkichi 75 foizdan kam bo‘lsa, indikatorning sifat bahosi – past, 75 foizdan 85 foizgacha bo‘lsa – mo‘‘tadil, 85 foizdan 90 foizgacha bo‘lsa – o‘rtacha, 90 foizdan yuqori bo‘lsa – yuqori hisoblanadi.
2019 yilda ishga joylashish darajasi 93.4 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich buyicha yuqori daraja hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida ish bilan bandlar soni yildan-yilga oshib, ish bilan bandlikda tarkibiy o‘zgarish bo‘lib, keyingi yillarda nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida bandlar soni va ulushi oshmoqda.
2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida mamlakatimizda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jami 990,5 mingta ish o‘rni tashkil etildi (4-jadval):
4-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bo‘yicha 987,5 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Haqiqatda 2015 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni 990,5 mingtani tashkil etgan. YA’ni dasturga nisbatan yaratilgan ish o‘rinlari soni 0,3 foizga ortig‘i bilan bajarilgan.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan ish o‘rinlari soni (2015 yil)
№
|
Hududlar
nomi
|
2019 yilda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni,
dastur bo‘yicha
|
Haqiqatda
2019 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni
|
Dasturiga nisbatan, % hisobida
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
49 841
|
50014
|
100,3
|
|
Viloyatlar
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
79 986
|
82542
|
100,1
|
3.
|
Buxoro
|
73 452
|
75622
|
100,3
|
4.
|
Jizzax
|
50 048
|
52012
|
100,2
|
5.
|
Qashqadaryo
|
90 961
|
89469
|
100,6
|
6.
|
Navoiy
|
41 087
|
65463
|
100,3
|
7.
|
Namangan
|
75456
|
75709
|
100,5
|
8.
|
Samarqand
|
94 500
|
94639
|
100,1
|
9.
|
Surxondaryo
|
66 657
|
66699
|
100,1
|
10.
|
Sirdaryo
|
51 150
|
40209
|
100,1
|
11.
|
Toshkent
|
87 520
|
88215
|
100,5
|
12.
|
Farg‘ona
|
92 823
|
92931
|
100,1
|
13.
|
Xorazm
|
60 200
|
60631
|
100,7
|
14.
|
Toshkent shaxri
|
95 956
|
93470
|
100,1
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
987 539
|
990 447
|
100,3
|
2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rni yaratildi:
1. Maqsadli dasturlarga muvofiq 261,6 mingta ish o‘rni, shuning 115,9 mingtasi sanoatda, 67,3 mingtasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 49,1 mingtasi qishloq xo‘jaligida (chorvachilikda, parrandachilikda, bog‘dorchilikda, baliqchilikda, asalarichilikda, sabzavotchilikda, ipakchilikda, uzumchilikda) tashkil etildi (5-jadval).
5-jadval
O‘zbekiston Respublikasida maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2019 yil)
№
|
Hududlar
nomi
|
Maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari
|
shundan
|
sanoatda
|
xizmat ko‘rsatishda
|
qishloq xo‘jali-gida
|
ishlamasdan turgan korxonalar faolitini tiklash
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
10807
|
6569
|
2388
|
1507
|
343
|
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
43720
|
11819
|
19926
|
7946
|
4029
|
3.
|
Buxoro
|
11272
|
7235
|
1609
|
1490
|
938
|
4.
|
Jizzax
|
7674
|
650
|
2536
|
3045
|
1443
|
5.
|
Qashqadaryo
|
14762
|
6685
|
3676
|
3747
|
654
|
6.
|
Navoiy
|
8267
|
4864
|
1753
|
714
|
936
|
7.
|
Namangan
|
18608
|
8729
|
2664
|
2700
|
4515
|
8.
|
Samarqand
|
19399
|
8348
|
3946
|
1879
|
5226
|
9.
|
Surxondaryo
|
22369
|
12188
|
4106
|
5535
|
540
|
10.
|
Sirdaryo
|
22545
|
8209
|
3913
|
8726
|
1697
|
11.
|
Toshkent
|
25278
|
12396
|
3291
|
8431
|
1160
|
12.
|
Farg‘ona
|
17924
|
9004
|
3482
|
1260
|
4178
|
13.
|
Xorazm
|
12740
|
4550
|
3532
|
1920
|
2738
|
14.
|
Toshkent sh.
|
27391
|
14702
|
10530
|
249
|
1910
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
262 756
|
115 948
|
67 352
|
49 149
|
30 307
|
Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalar faoliyat yuritayotganligi bu yo‘nalishda ish o‘rinlari tashkil etishning salmoqli omili bo‘lib, bu yangi korxonalarni ishga tushirishni va ishlab turgan korxonalardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirishni ham, tarmoqlararo aloqalar (transport, qurilish va ijtimoiy infratuzilmada) zanjiri bo‘yicha o‘zaro bog‘langan ish o‘rinlarini tashkil etishni ham ta’minlagan.
YAngi qurilish hisobiga va ishlab turgan korxonalarda ish o‘rinlari tashkil etish «O‘zbekengilsanoat», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekturizm», «O‘zfarmsanoat», «O‘zavtosanoat» kompaniyalari, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tizimida va boshqalarda amalga oshirilgan.
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 30,3 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlagan. Ushbu yo‘nalishda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni tugatib, so‘ngra ularni ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan yangi mulkdorlarga sotish bo‘yicha maqsadli «yo‘l xaritalarini» amalga oshirish mexanizmlaridan foydalanilgan. SHularning eng katta qismi Samarqand (5 220 ta ish o‘rni), Namangan (4 505 ta ish o‘rni), Farg‘ona (4 162 ta ish o‘rni), Andijon (4 026 ta ish o‘rni), Xorazm (2 721 ta ish o‘rni), Sirdaryo (1 696 ta ish o‘rni) viloyatlariga va Toshkent shahriga (1 896 ta ish o‘rni) to‘g‘ri keladi.
2. Kichik korxonalar va mikrofirmalarni jadal rivojlantirish, shuning hisobiga 290,4 ming kishining bandligi ta’minlandi. Ushbu yo‘nalish barcha mintaqalarda, ayniqsa 2019 yilda ish bilan bandligi ta’minlangan aholi umumiy sonining 74,1 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent (48,2%), Surxondaryo (44,0%), Buxoro (43,8%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (40,9%) ish o‘rinlari tashkil etishda ustunlik qilgan (6-jadval).
2019 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarga 8,5 trln. so‘m kredit ajratilgan. Bunda imtiyozli kredit resurslari ko‘proq ishchi kuchi bozorida keskin vaziyat kuzatilayotgan olis qishloq tumanlarida ish o‘rinlari tashkil etishni ko‘zda tutgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovining qat’iy belgilangan stavkasi nisbatan past ekanligi, sanoatda 5%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari uchun 10% gacha ekanligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 8 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar bu yo‘nalishda ish o‘rinlari yaratishning muhim rag‘batlantiruvchi chorasi bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |