Korporativ boshqaruv” kafedrasi “makroiqtisodiyot” fanidan musta
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti xarajatlari tahlili
O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 25-dekabrda O’RQ-657 son “O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 2021-yil uchun davlat byudjeti ko’rsatkichlari belgilanib olindi. Xususan, 2021-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 688,9 trln.so’mni, davlat byudjeti daromadlari 147 trillion so’m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,3 % darajasida bo’lishi belgilandi. Davlat byudjetining xarajatlari esa, 165,7 trillion so’mni tashkil etadi. Bu 2020-yildagiga nisbatan 24,0 % ga ko’p bo’lib, bunda davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ortig’i ijtimoiy sohalarga yo’naltirilishi belgilangan. Jumladan, 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2022-2023-yillarga budjet mo‘ljallari quyidagicha belgilandi: