Arabboyeva Gulchehraxon Shuhratjon qizi
O‘ZBEK TILI MUSTAQILLIK DAVRIGA OID GAZETA MATNLARI KORPUSINI YARATISH (2018-2021)
Kirish.
I bob. KORPUS LINGVISTIKASIDA MATN KORPUSLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Korpus lingvistikasida matn korpuslari muammolarining o‘rganilishi
1.2. Korpus lingvistikasida matn korpusining yaratilish tarixi
Bobga doir xulosa.
II bob. GAZETA MATNLARI KORPUSINI YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Jahonda yaratilgan gazeta matnlari korpuslarining tavsifi
2.2. Jahonda yaratilgan gazeta matnlari korpuslarining turlari va ularning qiyosiy tahlili
2.3. O‘zbek tilida gazeta matnlari korpusini yaratish zarurati
Bobga doir xulosa.
III bob. MUSTAQILLIK DAVRIGA OID GAZETA MATNLARI KORPUSINI YARATISH
3.1. O‘zbek gazeta matnlari korpusini yaratishning lingvistik asoslari
3.2. Mustaqillik davriga oid gazeta matnlari korpusining matematik modelini ishlab chiqish
3.3. Mustaqillik davriga oid gazeta matnlari korpusining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish
Bobga doir xulosa.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
ARABBOYEVA GULCHEHRAXON SHUHRATJON QIZI
“O‘ZBEK TILI MUSTAQILLIK DAVRIGA OID GAZETA MATNLARI KORPUSINI YARATISH (2018-2021)”
5A120106- Kompyuter lingvistikasi
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya
Ilmiy rahbar: f.f.n.,dotsent Abdurahmanova N.Z.
Mavzuning dolzarbligi. Raqamli ko‘rinishdagi gazetalar to‘plamlari gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha bir qator fan sohalari bo‘yicha tadqiqotchilar uchun boy ma’lumot manbai bo‘lib, tarix, media va aloqa tadqiqotlaridan tortib lug‘atshunoslikgacha bo‘lgan sinxron va diaxronik tadqiqotlar uchun juda qimmatlidir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish uchun sa’y-harakatlar qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850 sonli va 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ushbu soha istiqboli uchun asosiy yo‘riqdir.
Hozirda O‘zbekistonda korpus lingvistikasiga alohida e’tibor berilmoqda va rivojlantirilmoqda. Milliy korpusni ishlab chiqish bo’yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Lekin xorijiy mamlakatlardan farqli tarzda bizda gazeta matnlari korpusi yaratilmagan. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Shu maqsadda ushbu tadqiqot ishida o‘zbek tili mustaqillik davriga oid gazeta matnlari korpusi yaratiladi, bu esa O‘zbekistonda korpus lingvistikasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti xorijiy gazeta matnlari korpuslari, tadqiqotning predmeti esa o‘zbek tili mustaqillik davriga oid gazeta matnlari korpusini yaratishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili mustaqillik davriga oid gazeta matnlari korpusini yaratish.
Tadqiqotning vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi.
– Jahonda yaratilgan gazeta matnlari korpuslarini o‘rganish va tahlil qilish;
– Gazeta matnlari korpusining matematik modellarini yaratish;
– Gazeta matnlari korpusining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida jahonda yaratilgan gazeta matnlari korpuslari tahlil qilinib o‘zbek gazeta matnlari korpusini yaratishning nazariy asoslari ishlab chiqiladi. Ushbu nazariyalar asosida ilk bor o‘zbek gazeta matnlari korpusini yaratishning matematik modeli va dasturiy ta’minoti yaratiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Magistrlik dissertatsiyasida jahonda yaratilgan gazeta korpuslari o‘zaro qiyoslanib tahlil qilinadi va urlarning turlari o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida o‘zbek gazeta matnlari korpusini yaratishning nazariy asoslari ishlab chiqiladi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar tasnifi. Dissertatsiyani yozish jarayonida tavsiflash, tasniflash, modellashtirish, statistik, qiyoslash kabi metodlardan foydalaniladi.
Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari internet tarmog‘ida barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan gazeta matnlari korpusini yaratishga oid izlanishlanishlarni nazariy ma’lumotlar bilan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, gazeta matnlari korpusining yaratilishi korpus lingvistikasi rivoji uchun xizmat qilib, uning yordamida bir necha yillar davomida gazetalarda nashr etilgan maqolalar bir yerga jamlanadi. Bu esa tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanishlar olib borishni yengillashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ishning tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |