DIQQATNING TANLOVCHANLIGINI “KORREKTURA SINOVI”
METODI YORDAMIDA O’RGANISH
Maqsad:
Diqqatning tanlovchanligini
aniqlash
Jihoz: “Korrektura sinovi” varaqlari
Diqqatni o’rganishga yo’naltirilgan laboratoriya metodlari
blankalar usulidan
iborat bo’lib, ular
korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur sinovi
blankalari
turli stimullardan-harflar,
raqamlar, geometrik shakllardan iborat bo’lishi
mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib bir xil tarzda
belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko’rsatkichi
vazifani bajarishning
aniqligi koeffisiyenti bilan belgilanadi. Vazifani bajarishning aniqligi koeffisiyenti (Uippl
formulasi bilan hisoblanadi:
P
N
r
N
bu yerda N - umumiy aniqlangan stimullar soni, P-qoldirilgan stimullar soni, r- noto’g’ri
aniqlangan stimullar soni. Diqqat tanlovchanligining yana bir ko’rsatkichi, tekshiriluvchi
tomonidan berilgan stimulni topish uchun sarflangan vaqt (m) (T.C) dir. U bitta stimulni
topishga sarflangan vaqt (tanlash vaqti deb qaraladi. Tanlash
tezligi quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
T
m
S
Bu tajribani o’tkazish uchun kirill alifbosidagi
harflardan iborat blankalar
tayyorlanadi. Har bir blankada 10 qatorga 54 tadan harf yozilib ular ichida tartibsiz holda
24 so’z (turli darajadagi qiyinlikdagi) yashiringan. Tekshiriluvchining
vazifasi ana shu
so’zlarni topishdan iborat. Bunda sarflangan vaqt e’tiborga olinadi.