Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish, iste’molchilar va haridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pasayishi va inqirozlarning oldini olishga yordam beradi. “Korxonalar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratadi.
Biroq hech qanday tamoyil, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar ham, o’zidan-o’zi, ya’ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda qo’llanmasa, bu tamoyillar faqat qog’ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo’lib qolishi mumkin. Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog’i, rejaning bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishimuhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan disproportsiyalarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, zaxiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo’llarini belgilashga imkon berdi.
5.3. Korxonalarda rejalashtirish tizimi Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish zaruratini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi.
Bashorat korxona, ob’yekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi.
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’yektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon, hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va etakchi o’rin egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: rivojlanish maqsadlarini belgilash, maqbul yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlash.
Rejalashtirishqaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.