Qonuniylik – xavfsizlik choralari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar doirasida ishlab chiqiladi.
2. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik – ko`rilayotgan iqtisodiy xavfsizlik choralari xo`jalik faoliyatining yomonlashuviga, foydasining kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
3. Dasturli-maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va mas`uliyat– korxonaning xavfsizlik xizmati o`z faoliyati uchun zarur bo`lgan mablag’, resurs, moddiy texnika anjomlari bilan ta`minlangan bo`lishi lozim.
4. O`zaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish – korxonaning turli bo`limlari ushbu tamoyil asosida faoliyat yuritishlari kerak bo`ladi.
5. Ixtisoslashuv va professionalizm – xavfsizlik xizmatining kadrlar tarkibi ushbu yo`nalishda ma`lum tayyorgarlikdan o`tgan va shunday ixtisoslikda kasb-korga ega bo`lishi kerak.
6. Ishni tashkil etish– xavfsizlikni ta`minlashda himoyaning zamonaviy vositalaridan foydalanish, ilg’or tajriba va ilmiy ishlanmalarga tayangan holda ishni tashkil qilish lozim.
7. Talabchanlik va nazoratning ochiqligi – korxona faoliyatida ma`muriy-huquqiy tartibni qo`llash va unga rioya qilish ustidan nazoratni tashkil etish.
O`zining xavfsizlik xizmati bo`limini tashkil qilish imkoniyatiga ega bo`lmagan korxonalar xususiy xavfsizlik xizmati hamda ob`ektlarni qo`riqlash bo`yicha huquq-tartibot organlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashda mustaqil xo`jalik sub`ektlari sifatida faoliyat yurituvchi xavfsizlik tadbirkorlik firmalari muhim rol o`ynaydi.