Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
“Elektron raqamli imzo- elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini “elektron raqamli”imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda “elektron raqamli” imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va”elekrton raqamli” imzo yopish kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir!
- Elektron hujjatlardagi axborotni buzilishiga yo’l qo’ymasligiga ko’maklashuvchi va ushbu yozuv aniq shaxsga tegishliligini tekshiruvchi elektron dokument rekviziti hisoblanadi.
Elektron hujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash harajatlari kamayadi,qidirish tezlashadi.Ammo, elektron hujjat muallifini va hujjatning o’zini outentifikatsiyalash,ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan hujjatda o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo bo’ladi.
Elektron hujjatlarni outentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi.
Faol ushlab qolish- tarmoqqa ulangan buzg’unchi hujjatlarni
( fayllarni) ushlab qoladi va o’zgartiradi.
Maskarad- abonent C hujjatlarni abonent B ga abonent A nomidan yuboradi.