Korxonalarda resurslardan samarali foydalanish usullari


Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#139102
1   2   3
KORXONALARDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI

Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi – korxona mablag‘ining o‘z harakatini muayyan (pul, resurs, tovar) shakldan boshlab, navbatdagi bosqichlarni bosib o‘tib, yana o‘zining dastlabki shakliga qaytishi.
  • Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi uzluksiz takrorlanib, yangilanib turadi. Chunki tadbirkor o‘z mablag‘ini bir marta aylantirib, undan olgan foydasi bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu uzluksiz jarayon korxona mablag‘larining aylanishi deyiladi.
  • Korxona mablag‘lari tarkibidagi turli resurslarning aylanish tezligi farqlanadi. Masalan, xomashyo va materiallar bir doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytsa, bino va asbob-uskunalar bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi. Shunga ko‘ra, korxona mablag‘lari ikki qismga: asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi.
  • Korxona mablag‘larining aylanishi – korxona mablag‘lari doiraviy aylanishining uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi.
  • Asosiy mablag‘ – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat ishtirok etib, o‘z moddiy ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan resurs shaklidagi mablag‘.
  • Aylanma mablag‘ – ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etib, o‘z moddiy ko‘rinishini o‘zgartiradigan resurs shaklidagi mablag‘.
  • Asosiy va aylanma mablag‘larning o‘zaro farqini quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin.
  • Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, aylanma mablag‘lar bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini mahsulot qiymatiga to‘liq o‘tkazib, u sotilgandan so‘ng yana qaytadan sotib olish orqali tiklanishi mumkin. Masalan, bir juft poyabzal ishlab chiqarish uchun 60 ming so‘mlik charm sarflangan bo‘lsa, charm qiymati poyabzal qiymatiga to‘liq qo‘shiladi. Agar poyabzal xaridorga 120 ming so‘mga sotilsa, demak bu narx tarkibida 60 ming so‘mlik charm qiymati ham mavjud.
  • Tadbirkor poyabzal sotishdan tushgan 120 ming so‘mning 60 ming so‘miga yangi charm xomashyosini sotib olish orqali mazkur aylanma mablag‘ni qaytadan hosil qiladi. Biroq asosiy mablag‘ni qaytadan hosil qilish u qadar oddiy emas. Chunki asosiy mablag‘ tarkibidagi bino, inshoot, asbob-uskuna, mehnat qurollari uzoq muddat davomida xizmat qilib, ular yordamida ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shunga ko‘ra, asosiy mablag‘lar ko‘rinishidagi resurslarning ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddati hisobga olinib, ularning eskirish qiymati bu muddat davomida ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymatiga kiritib boriladi.
  • Korxonada ushbu yo‘l bilan yig‘ilib boriladigan asosiy mablag‘larning eskirish summasi amortizatsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Aytaylik, korxonaga 50 mln. so‘mlik stanok sotib olindi. Agar stanokning 10 yil davomida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda bir yillik eskirish summasi 5 mln. so‘mni, amortizatsiya me’yori esa 10 foizni tashkil etadi:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin