Tadbirkor uchun o‘z korxonasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholab borish muhim hisoblanadi.
Buning uchun u bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanishi mumkin.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada har yili stanok uchun 5 mln. so‘mlik eskirish hisoblanib, amortizatsiya jamg‘armasiga o‘tkazib boriladi.
Natijada, 10 yildan keyin stanokning qiymati umuman yo‘qolib, korxona amortizatsiya jamg‘armasida 50 mln. so‘m pul mablag‘i paydo bo‘ladi. Tadbirkor endilikda eskirgan stanokni chiqarib tashlab, o‘rniga yangi stanok sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.