Ishlab chiqarish quvvati- bu ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir.
U qoidaga ko’ra , ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligini va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or sexlar quvvati bilan , sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan , uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvati orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilovchi ko’rsatkichlar
Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.
Korxona asosiy bo’g’inining ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Bu yerda:
M- sex yoki uchastkaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun , o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: