Kridet modul tizimida talabalar bilimini baholsh


Ayubxon RADJIYEV, Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot



Yüklə 21,31 Kb.
səhifə2/3
tarix23.02.2023
ölçüsü21,31 Kb.
#123564
1   2   3
2-DARS.KRIDET MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLSH

Ayubxon RADJIYEV, Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
instituti rahbari:
— Mamlakatimiz ishtirok etadigan xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik doirasida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Konferensiyada koʻzda tutilgan asosiy maqsad “Stesting” platformasi orqali uch oy mobaynida barcha maʼlumotlar tahlilini keng ommaga yetkazishdan iborat.
Konferensiyaga biz bejiz turli xalqaro hamkor tashkilotlarni taklif etmadik. Chunki har biri bilan taʼlim sifatini oshirishga bogʻliq alohida loyihalarimiz bor. Matematik savodxonlikni oshirish, milliy baholash tizimini ishlab chiqish, oʻzbek tilining toʻrtta koʻnikmasiga asoslangan tizimni yaratish, joriy etilayotgan yangi avlod darsliklari boʻyicha oʻqituvchilar malakasini oshirish dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqdik. Ular ham shu konferensiya doirasida bu borada erishgan yutuqlari va bajarayotgan ishlari, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilishyapti.
Laziz XOʻJAQULOV, Xalq taʼlimi vazirligining taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish boshqarmasi boshligʻi:
— Mamlakatimizda berilayotgan taʼlim sifatiga xalqaro doiradagi ekspertlarning bahosi juda muhim. Sababi, hech qaysi mamlakat oʻz taʼlim tizimiga xolis baho bera olmaydi. PISA tadqiqotlari esa dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida standartlashtirilgan testlar orqali oʻtkaziladi. Taʼlim rivojlangan mamlakatlardagi 14 yoshdagi bolalarning bilim darajasini bir xil mezonda oʻlchash imkonini beradi. PISA tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtiroki mamlakatda taʼlim sifati nechogʻlik darajada ekanini xalqaro miqyosda koʻrsatadi. Bu nima uchun muhim? Avvalo, taʼlimdagi oʻzgarishlarda toʻgʻri yoʻldan ketyapmizmi, degan savolga javob topiladi. PISA tadqiqotlarida shunday savollar beriladiki, bu qaysidir bir faktga asoslangan boʻlmaydi. Bitta savolda bir nechta fanlar elementlari jamlangan va unda kimyo, fizika, biologiya ham boʻlishi mumkin. Test bolalarning mustaqil hayotga nechogʻlik tayyorligini baholaydigan sinov.
Hozirgi kunda milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy oʻquv dasturi doirasida bolalarga endi nazariy bilim emas, hayotiy koʻnikma va malaka berish ustida ish olib borilmoqda. Shu orqali biz xalqaro baholash dasturlarida natijaga erishishimiz mumkin.

Yüklə 21,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin