Mana hozir siz kuntugʻmish dostoning qisqacha mazmuni bilan tanishdingiz, uning toʻliq mazmuni darslikda berilgan, uni oʻzingiz mustaqil ravishda mutola qilishingiz mumkin.
Endi esa doston yuzasidan xulosa chiqaradigan boʻlsak, "Kuntugʻmish" dostoni oʻzida xalqning, oʻsha davrdagi odamlarning hayotini, milliyligini, orzu-umidlarini, hayotga boʻlgan qiziqishini, kelajakka boʻlgan umidini oʻzida aks ettirgan. Bu doston necha asrdan beri avloddan avlodga oʻtib, sayqallanib,yangi detallar bilan yanada boyib bormoqda.
,,Kuntugʻmishʼʼ dostonining hozirgi kundagi ahamiyati shundan iboratki, unda yosh avlodga zarur boʻlgan mardlik, jasurlik, yorga sadoqat va vafodorlik kabi hislatlar uygʻunlashtirilgan. Yaʼni, hozirgi kunda yosh avlodda bu kabi hislatlarning boʻlishi juda ahamiyatli. Chunki, buyuk kelajak mard va jasur yoshlar quradi. Shu sababdan ham ,,Kuntugʻmishʼʼ dostonining hozirgi kundagi oʻrni juda muhim.
DOSTON BO`YICHA 15 SAVOL
1. Xalq dostonlari nima?
2. Ishqiy-qahramonlik dostonining xususiyatlari nima?
3. Kuntug`mishning yurti qayer?
4. Xolbekaning yurti qayer?
5. Buvraxonning farzandi bormi?
6. “Avliyoyi Qoraxon” kim?
7. Bazzoz kim?
8. Olim sayyodning o`gay o`g`li kim?
9. "Mohi" so`zining ma’nosi?
10. Kuntug`mish farzandlarining ismi nima?
11. Ikkiyuzlamachi obraz kim?
12. Xolbekaning otasi kim?
13. Kimning onasi yoshligida qora bosib o`ladi?
14. Dostondagi “gurki” so'zining ma'nosi nima?
15. Daryoda oqib kelayotgan sandiqning ichida nimalar bor edi?