Курс иши doc


Ta’lim-tarbiyaning ta’siri



Yüklə 306,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix24.06.2023
ölçüsü306,09 Kb.
#128401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.3. Ta’lim-tarbiyaning ta’siri. 
Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali 
amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya etakchi rol o‘ynaydi. CHunki: 
1.Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning 
stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o‘rganib oladi. Masalan, tilni 
odamlarning ta’sirida o‘rganib olish mumkin. Lekin o‘qish, yozishni maxsus ta’lim 
orqali o‘rganadi. 
2. Ta’lim-tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklari ham 
kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. (ko‘r, kar, soqov). 
3. Ta’lim-tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz 
beradigan kamchiliklarini ham tugatish mumkin. (Bolalarning karta o‘ynashi, 
so‘kishi, chekishi).
4. Ta’lim-tarbiya natijasida bolada bilimlar, ko‘nikma va masalalar hosil 
bo‘libgina qolmay, balki dunyo qarash ham shakllanadi, kamolotga etib boradi. 
Bilmlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam 
beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N. I. Lobachevskiy 14 yoshida 
Qozon universitetiga o‘qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan. 
O‘zbek olimlaridan SHavkat Alimov, SHavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham 
shu yoshlarda professorlik nasib etgan. 
 
 
 
Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya 
orqali amalga oshiriladi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya 
muassasalarida, keyinchalik maktab, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy 
maktabda ta'lim-tarbiya oladi. Shu sababli inson kamolotida ta'lim va tarbiyaning 
etakchilik qilishiga imkon berish darkor. Ta'lim va tarbiya jarayonida kishi 
organizmining o'sishi va muhitning stixiyali ta'siri Bera olmaydigan narsalarini 
o'rganib oladi. Masalan, bola o'z ona tilini atrofni o'rab turgan muhitning ta'sirida 
o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni maxsus ta'lim -tarbiya yo'li 
bilangina o'rganadi, mehnat va kasb egallash ko'nikma va malakalari faqat ta'lim 
jarayonida egallanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


22 
Ta'lim-tarbiya yordamida kishining ba'zi tug'ma kamchiliklarni ham kerakli 
tomonga o'zgartirish, shuningdek, muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan 
kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning karta o'ynashi, qo'pollik, so'kish, 
papiros chekishlari va h.k.).
Ta'lim jarayonida bolada bilimlar, ko'nikma va malakalar hosil 
bo'libgina qolmay, balki ilmiy dunyoqarash ham shakllanadi. Xullas, bizning 
asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o'z vaqtida 
payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya 
berishdir. 
Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud, 
chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to'g'ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga 
samarali ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun 
boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o'zgarish 
sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatdan rivojlantiruvchi omil bo'lmog'i 
uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo'ygan talablarini, shaxsning 
o'ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida 
tarbiyaning etakchi rolini e'tirof etish bilan birga ularning o'zaro bir-biriga ta'sirini 
tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil 
bo'lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo'ladi. 
Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga 
olish juda muhim. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o'quvchi-talabalarning 
har birining o'ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o'ziga xoslik 
rivojlanish jarayonida 
yaqqol 
namoyon bo'ladi. 
Bolalarni o'qitish 
va 
tarbiyalashning muvaffaqiyati o'qituvchining har xil yoshdagi bolalar o'rtasidagi 
tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog'liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi, 
pedagog maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o'rta maxsus va oliy o'quv 
yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchi talabalarning yosh davrlari bilan 
xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


23 
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va 
iste'dodlarini o'z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay 
sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.

Yüklə 306,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin