Kurs ishi mavzu: “Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi va unga ta`sir etuvchi omillar”


Mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, ming so’m



Yüklə 184,85 Kb.
səhifə9/11
tarix13.03.2023
ölçüsü184,85 Kb.
#124038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi mavzu “Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi va unga

Mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, ming so’m.

Hisobot davri

Reja bo’yicha shartnomalar tuzish uchun mahsulot ishlab chiqarish

Shartnoma majburiyatlari bo’yicha etkazib berilmagan mahsulot

Mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, %

Hisobot oyi uchun

Yil boshidan beri davr uchun

Hisobot oyi uchun

Yil boshidan beri davr uchun

Hisobot oyi uchun

Yil boshidan beri davr uchun

Yanvar

500

500

-

-

100

100

Fevral

520

1020







100

100

Mart

520

1540

15

40

97,1

97,4

va boshqalar





















2.4-jadval
Umuman korxona bo’yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (ming so’mda) :



Ko’rsatkich



Hisobot yili uchun reja

Hisobot yili uchun haqiqatda

1.

Taqqoslama narxlarda sotish

260454

280380

2.

Etkazib berishlar bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi

X

20950

3.

Etkazib berish bo’yicha majburiyatlarni hisobga olgan holda mahsulot sotish hajmi

X

239504

4.

Sotish rejasining bajarilish foizi

X

91,9

Bizning misolimizda umumiy hajm bo’yicha mahsulot sotish rejasi 107,6% ga bajarilgan. Biroq mahsulot etkazib berish bo’yicha majburiyatlarni hisobga olgan holda reja 91,9% (239504 * 100 : 260454) ga bajarilib, etkazib berish bo’yicha majburiyatlar bajarilmasligi 20950 ming so’mni tashkil qiladi.


Etkazib berish bo’yicha majburiyatlar hisobga olingan holda sotish hajmi 239504 ming so’m (260454 – 20950).
Shartnomalar bo’yicha rejaning bajarilmasligi korxona uchun tushum kamayishi, jarima sanktsiyalari to’lashga olib keladi. Bundan tashqari, raqobat sharoitida korxona mahsulot sotish bozorini yo’qotishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish tanazzuliga sabab bo’ladi.
Shartnoma majburiyatlari bajarilishi tahlili alohida shartnomalar, mahsulot turlari, etkazib berish muddatlari kesimida tashkil etilishi lozim.
Etkazib berishlar borishini tezkor tahlil qilish uchun axborot manbalari sifatida asosan operativ-texnik va statistik hisob ma’lumotlari, kuzatish materiallari xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobi ham axborot manbasi bo’lib xizmat qilishi mumkin, lekin kechikuvchi xarakteri bilan bog’liq ravishda ancha chegaralangan holda qo’llaniladi. Axborot texnologiyalarini qo’llash assortiment kesimida, shuningdek, etkazib berishlar muddatlari bo’yicha har bir oluvchi bo’yicha jo’natmalar haqida tezkor axborot olishga imkon beradi.

Mahsulot sifati tahlili


Hozirgi sharoitda zamonaviy turdagi mahsulotlarni zaruriy miqdorda va yuqori sifatli ishlab chiqarish hal qiluvchi vazifalardan biri sanaladi.
Mahsulot sifati – mahsulot sotish o’sishiga imkon beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxonalar raqobatbardoshligining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir.
Mahsulot sifati – uning mo’ljallanganligiga muvofiq muayyan ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shartlovchi mahsulotlar xususiyatlari majmuidir.
Sanoatning turli tarmoqlari mahsulotlari o’ziga xos sifat parametrlariga ega. Mashinasozlik milliy iqtisodiyot uchun yangi texnikalar yaratish va amaldagi texnikalarni rekonstruktsiya qilishda etakchi tarmoq hisoblanadi. Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida sifatni tavsiflovchi belgilar tovarlarning iste’mol xususiyatlarini oshirish, masalan, matolar asilligi, bo’yoq chidamliliigi, mahsulotlar mustahkamligi, kaloriyalilik va boshqalar hisoblanadi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmi texnik taraqqiyot darajasini tavsiflaydi.
Tabiiyki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning ilk davrida katta xarajatlarni talab qiladi, lekin bu loyiha quvvatlarini o’zlashtirish, kelgusida seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish natijasida o’zini qoplaydi. Tobora mahsulot tannarxi kamayib, mos ravishda uning ulgurji narxlari ham pasayadi. Bu ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar uchun foydali hisoblanadi.
Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi sifat ko’rsatkichi deb yuritiladi.
Mahsulotlar sifat ko’rsatkichining umumiy, individual va bilvosita ko’rsatkichlari mavjud. Sifat ko’rsatkichlari mahsulotlarning parametrik, iste’mol, texnologik dizayn xususiyatlarini, uning standartga muvofiqligi, ishonchliligi va chidamliligini tavsiflaydi.
Umumiy ko’rsatkichlar turi va mo’ljallanganligidan qat’iy nazar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning ulushini tavsiflaydi:
– umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi;
– sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi;
– xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi;
– eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat mamlakatlariga jo’natilayotgan mahsulotlar va boshqalar.
Mahsulot sifatining individual (yagona) ko’rsatkichlari uning xossalaridan birini tavsiflaydi:
– foydalilik (sut yog’liligi, ko’mirning yonuvchanligi, rudada temir miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar);
– ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi);
– konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks ettiruvchi texnologiklik (mehnat sig’imi, energiya sig’imi va hokazo);
– mahsulotlar estetikligi.
Bilvosita ko’rsatkichlarbular sifatsiz mahsulotlar uchun jarimalar, yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va ulushi, reklama qilingan mahsulotlar ulushi, yaroqsizga chiqarishdan yo’qotishlar va boshqalar.
Mahsulot sifatini tahlil qilish asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– mahsulotlarning texnik darajasi baholanadi;
– bazaviy va nazariy mumkin bo’lgan darajaga nisbatan alohida mahsulotlar bo’yicha ushbu darajaning og’ishi aniqlanadi;
– tayyorlash va etkazib berish sifatini tavsiflovchi parametrlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinadi;
– mahsulotlar texnik darajasini sekinlashtiruvchi omillar aniqlanadi;
– mahsulot sifatini oshirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish va yo’qotishlarni qisqartirish imkoniyatlari asoslanadi.
Mahsulot sifatini tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot tahlil qilinayotgan ob’ektning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi (konstruktsiyalar haqida ma’lumotlar, mehnat vositalari va predmetlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish va sotish natijalari, reklama haqida ma’lumotlar va boshqalar)
Axborot manbalari sifatida sinov hujjatlari, fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarning laboratoriya nazorati ma’lumotlari, texnik nazorat bo’limi (TNB) ma’lumotlari va boshqalar xizmat qiladi.
Mahsulot sifati bo’yicha rejaning bajarilishini umumlashtirma baholash uchun turli usullar, jumladan ball usuli qo’llaniladi. Baholashning ball usuli mohiyati shundan iboratki, mahsulot sifatining o’rtacha tortilgan bali aniqlanadi hamda uning haqiqatdagi va rejadagi darajasini taqqoslash yo’li bilan sifat bo’yicha reja bajarilishining foizi topiladi.
Sifat nav bilan tavsiflanadigan mahsulotlar bo’yicha har bir navning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi, o’rtacha navlilik koeffitsienti, taqqoslama shartlarda mahsulotning o’rtacha tortilgan narxi hisoblanadi. Birinchi ko’rsatkich bo’yicha reja bajarilishini baholashda mahsulotning umumiy hajmida har bir navning haqiqatdagi ulushi rejadagi bilan, sifat dinamikasini o’rganish uchun esa – o’tgan davrlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
O’rtacha navlilik koeffitsienti barcha navdagi mahsulotlar qiymatining yuqori nav bahosi bo’yicha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Yüklə 184,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin