XVII ASRDA GOLLANDIYA SAN'ATI
Ispaniya bilan o'z mustaqilligi uchun olib borgau uzoq mudtatli urusli Shimoliy Niderlandiyaning g'alabasi bilan lugadi. Burjua inqilobi g'alabasi Gollandiyani iqtisodiy jihatdan G'arbiy Yevropada birinchi o'ringa olib chiqdi. Ana shu tufayli Gollandiyada monumental-dekorativ va ibodatxona san'atiga bo'lgan talab deyarli yo'qoldi. Uning o'rniga raiiftasvir as.irlariga ehtiyoj nihoyatda oshdi. Bu davrda asosan bcjirim xc nalarni bezashga moijallangan kichik hajmli maishiy asarlar ishlash rivojlandi. Badiiy asarlarga bo'lgan ehtiyojning ko'pligi, rassomlarning ko'payib ketishiga sabab bo'ldi. XVII asrda Gollandiyada mavzu va tasviriy uslub jihatidan realizm huknronlik qilardi. Rassomdan atrofni haqqoniy tasvirlash talab qilinardi. Burjua jamiyatida shaxs ahamiyatining yuksalishi portret janrining rivojl.inishiga olib keldi. Mahalliy realistik oqimdan tashqari Italiya an'anilari ham kuchli ta'sir qildi.
Frans Xals (1580—1666) shu davrda ijodi gullab-yashnagan rassoi idir. U Garlemda yashab ijod qiladi. 1616- yilda u yirik portrctchi sifatida taniladi va umrining oxirigacha bu shuhrati saqlarib qoladi .Xalsning dastlabki ijodiy yillaii bizga ma'lum emas. U murakkab muammolarni hal qiluvchi san'atkor sifatida guruhli portretlar yaratganini bilamiz. „Adrianning mergan ofitserlar rotasi" asari ko'p kishili kengash paytining joinli, liar bir obrazning yorqin ishlanganligi jihatidan e'tiborni ortadi. Shuningdek, badiiy mahorat va kompozitsion ustalik, obrazlar xarakteristikasining keskinligi ko'zga tashlanadi. Uning portretlari jonlili u va keskin xarakterlanishi bilan qiziqarlidir. „Lo'li ayol" va „Qo'lqop kiygan yosh yigit" portretlari shular jumlasidandir.
Rembrandt Xarmens van Reyn (1606-1669) Xalsdan sal keyinioq san'at olamiga kirib kelgan golland realizr.ii ustasi, buyuk rassonidir. Uning ijodi Gollandiyaning iftixori bo'lib, nafaqat Gollandiya, balki butun jahon madaniyatining eng yirik sa'atkori sifatid i qimmatlidir.Rembrandt 1606-yili Leydenda tegirmonchi oilasida duiyoga keladi. U rassomlikka bo'lgan qobiliyatini erta sezib, Leyden universitetiga kelgach, ko'p o'tmay butunlay san'atga berilib ketadi Unchalik tanilmagan rassom Yakov Svannenburx qu'lidagi uch yillir ta'limotdan so'ng o'z malakasini oshish maqsadida Amsterdamga boradi. U yerda Latsmanga shogird tushadi. Ustozining ba'zi uslublarini o'rganadi, Karavajoning realntik yo'nalishi ta'sirida bo'ladi.
Leydenga qaytib, erkin rassom sifatida ishlay boshlaydi. Katta muvaffaqiyatga erishgach, 1631-yilda Amsterdamga ko'chib ketadi. Ko'plab buyurtmalar qabul qila boshlaydi, rassomning ijodi tamoman shakllanadi. U ijodi davomida diniy sujetlar, tarixiy, mifologik, portret, maishiy, hayvonlar dunyosi, manzara va natyurmort janrlarida ko'plab asarlar yaratadi. Rembrandtning diqqat markazida inson obrazi, uning psixologik xarakteristikasi va ruhiy kechinmalari turadi. „Doktor Tyulp anatomiyasi" .guruhli portreti-Rembrandtning birinchi eng yirik asari edi.1640- yilning boshlaridan Rembrandt.ijodi yangi bosqichga chiqadi. San'at vazifalarini erkin tushunish,: hayotni haqqoniy tasvirlashga intilish, obrazning ruhiy-kechinmalarini ochib berish, ijodiy individuallikka intilish kuchaydi. Rembrandt bu paytda iqtisodiy jihatdan erkin bo'la oldi, burjua hokimiyatining buyurtmachilariga emas, balki o'z g'oyasiga to'g'ri kelgan ko'ri-nishda ijod qila boshladi. Natijada portret xarakteristikasi 2-darajali bo'lib scrharakat voqcalar birinchi o'ringa o'ladi. „Tungi kuzatish" asari bunga yorqin misol bo'la oladi.
Rembrandt manzara janrida ham qator asarlar yaratadi. „Qish ko'rinishi" nomli kichik tasvirda sovuq kundagi dehqon hovlisi aks ettirilib, suvi muzlab qolgan ariq bo'yida bir necha kishi qiyofasi ko'rinadi.
Portret janrida Rembrandt obraz tanlashda erkinlashib, u ko'proq yorqin individual obrazlar xarakterini yoritadi. Bular ko'pincha qari ayollar va yahudiy chollardir. So'nggi yillarda buyurtmachilarning kamayib ketishi rassomni iqtisodiy tomondan qiyin ahvolga soldi. Oilasidagi qator baxtsiz voqealardan keyin ham, rassom 1650-yil oxiri va 1660- yillardagt ijodida ko'tarinki davrni boshdan kechirdi. Obrazlarning ichki kuchi, mazmunan sodda voqealar, issiq kolorit shu davrdagi ijodining xarakterli tomonidir. „Mato sexi oqsoqollari" asarida psixologik xarakteristikaning keskinligi, kompozitsion tuzilishinihg soddaligi ko'zga tashlanadi. Injil mavzusidagi „Adashgan o'gilnlng qaytishi" asarida to’g'ri yo'l topolmagan o'g'ilning uzoq judolikdan so'ng afsuslanib ota uyiga qaytgarii va undan kechirim so'rayotgani aks etgan. Inson ichki kechinmalari va dramatik voqeani nozik aks ettirilishi jihalidan dunyo san'adida unga teng keladigan asar yo'qdir.Mazkur asar rassomning eng so'nggi asari. Chunki unda 1669-yil, ya'ni Rembrandtning vafot etgan yili qayd qilingan. Rassomning o'limi oddiy kishilarniki kabi shov-shuvsiz bo'di,faqat XVIII asrga kelib bu ulug’ rassom ijodini aliainiyati Ian olina boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |