Kurs ishi mavzu: “O’rta asrlarda G’arbiy yevropa san’ati” Bajardi



Yüklə 115,82 Kb.
səhifə11/12
tarix09.05.2022
ölçüsü115,82 Kb.
#115652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Boynazarova Nargiza

XVII ASRDA FLAMAND SAN'ATI

XVII asrda Niderland san'ati katta ahamiyatga ega bo'lib, ikki yirik nilliy maktab - flamand va gollandlar makiabiga bo'linadi. Bu ikki maktab ham yaqqol ajralib turuvchi, lekin qarama-qarshi yo'nalishga ega edi.

XVI asr Niderland san'ati uchun o'tish davri hisoblanadi. Luka Leyden va Petr Breygel ijodidagi yorqin realistik va milliy shakli ing taraqqiyotidan so'ng Italiya san'atjga sig’inish davri boshlanadi. Bu davr o'rta asrlar podsholik usulidan tamomam xoli bo'lishi va yangi janrlarning qaror topishi davridir.F1mand maktabining barcha xususiyatlari Rubins ijodida to'la va yorqin aksini topadi. Rubens XVII asrning buyuk rassomi sifatida bizga ma'lum.

Piter Paul Rubens (1577-1640) burjua oilasidan bo'lib, Germaniyadagi Zigane shahrida tavallud topdi. Chunki otasi huquqshunos boigani uchun, reaksion hukumat boshlig'i gersog Alba davrida siyosiy nuqtayi nazardan surgun qilinadi. 10 yoshli Rubens otasi o'limidan so'ng, onasi bilan Antverpenga qaytib keladi va lotin maktabida o'qiydi. U yerni bitirgach, onasining ruxsati bilan avvalo manzarachi rassom Verxagt, so'ngra Adam van Nort ustaxonasiga o'tadi. U yerdagi to'rt yillik ta'limdan so'ng Otto Venius qo'lida o'qiydi. 1600- yili erkin rassom sifatida Itailiyaga borib, u yerda sakkiz yil o'z malakasini oshiradi. U Mikelanjelo,Leonardo da Vinchi, Titsian,Karavajo ijodini sinchiklab o'rganadi.

1608- yili onasi o'limidan so'ng, Antverpenga keladi. Ko'p o'tmay taniqli va boy kishining qizi Izabella Brantga uylanib, Antverpenda tamoman qaror topadi. U tez orada shuhrat ham qozonadi.

Rubensning diniy asarlari orasida eng xarakterlisi „Xochhining qiyofasi” asaridir.Figuralarning xilma-xilligi, murakkab rakurs va muskullarning harakati jismoniy kuchlardagi qat'iyatni anglatadi. Bu qo'pol kuchlarga ideallashtirilgan Iso obrazi qarama-qarshi qo'yilgan. Rubens bu asarda turli kontrastlardan keng foydalanib, yoritilgan va soya qismlarni keskin qo'yadi. Ruhiy harakat va dinamikali yo'nalishning cho'qqiga ko'tarilishi Rubens ijodida 1615-1620-yillarda rivojlanib, bu narsa shu davrda yaratilgan ov mavzusiga bag'ishlangan asarlarjda o'z aksini topadi. „Yo'lbars ovi" eskizi Ermijdagi rassom asarlaridan eng kuchlisi bo'lib, undagr otdan yiqilayotgan chavandozga tashlanaydtgan yo'lbarsga ovchilar guruhi yopirilib hujum qilgan sujetida , harakat nihoyatda zo'r berilgan.

1630- yillarda Rubens ijodida realizm elementi kuchaya boshlaydi. Ayniqsa, yosh rafiqasi porlretini katta qiziqish bilan bir necha bor ishlaydi. Nihoyatda jonli va koloristik tomondan kuchli bo'lgan „Yelena Faurmen bolalari bilan" portreti, „Dehqonlar o'yini" asari jo'shqin harakatchanligi bilan e'tiborga molik. U manzara janrida ham yirik realist rassom sifatida taniladi. O'z o'lkasining manzarasini mohirona tasvirlaydi, keng tekisliklari va rang-barang daraxtlarini ustalik bilan aks ettiradi.

Antonis van Deyk (1599-1641) XVII asr Flamand maktabi rassomlari orasida Rubcnsdan so'ng birinchi o'rinda turgan rassomdir. U Rubensning o'quvcliisi bo'lmasa ham, lining shogirdi deyishadi. Chunki unchalik tanilmagan rassoin Xendrik van Balen qo'lida o'qigach, Rubens ustaxonasiga keladi. Lekin o'z iste'dodining rivojida Rubensdan minnatdor, chunki uning qo'lida birdaniga asosiy yordamchisi bo'iib qoladi. Uning ijodi tezda rivojlanib, dastlabki asarlari Rubensnikidan qolishmaydi.Diniy sujetlar Van Deyk ijodida alohida o'rin egallaydi. Lekin portret uning sevgan janridir. 1621-yilga qadar kechgan birinchi Antveipen davrida uning portretlari qat'iy realizm bilan sug'orilgan .Shu davrda u o'z oilasi, do'sflan obrazlarini yaratadi. Kompozitsion sodda, rasm jihatdan puxta “Oilaviy portret" asari koloriti unchalik yorqin emas.

Haqiqiy portretchi sifatida Van Deyk shu asarida faqat tashqi o'xshashlikni maromiga yetkazibgina qolmay. balki psixologik lomonlari bilan ham qiziqtirib, kishini keskin xarakterlab bera olgan.

1620 yilda Van Deyk Italiyaga sayohat qiladi va shu divrdan uning ijodida uzluksiz yuksalishlar boshlanadi. Genuyyaga joylashishi bilanoq, tinimsiz buyurtmalar ola boshlaydi. Bu yerda u asosan zodagonlarning portretlarini yaratadi. So'ngra 1627- yili Antverpenga qaytib biroz ishlagach, Angliya qiroli Karl I taklifiga binoan Angliyaga jo'naydi. Bu yerda rassom ijodining koloriti yorqinlasha boradi.Van Deyk o'z muxlislarini ta'sirli, o'ziga qulay ko'rinishda ishlay boshlaydi. U obrazlarni keskin xarakterlab, modelning asosiy xususiyatlarini ustalik bilan jonlantira oladi. Shuning uchun bu asarlar faqat yuksak qimmatga ega bo'lgan badiiy asar sifatidagina emas, balki larixiy-maishiy hunjat sifatida ham qimmatlidir. „KarI portreti" asari ana shular jumlasidan. Badiiy an'anasi bo'lmagan Angliyada Van Deyk ulkan maktabning asoschisi bo'iib, bu yo'nalish XVIII asrda o'zining yuksak darajasiga ko'tariladi. Tantanali aristokratik portretlar ijrochisi Van Deyk uch asr davomida Yevropada shu soha bo'yicha yetakchi san'atkor nomida qoldi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Uyg’onish davri insoniyat taraqqyotidagi muhim insoniyatning shu davrgacha o’z boshidan kechirgan hamma o’zgarishlari ichida eng buyuk o’zgarish bosqichi, bu davr o’z tafakkur kuchi, extiros va harakteri jihatidan, mukammallik va olimlik jihatidan juda ulug’ siymolarni etishtirib berdi. Dunyoviy san’at va madaniyat misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Uyg’onish davri kishilari insonning aql-idrokiga, imkoniyatining cheksizligiga, ma’rifatning kelajakdagi tantanasiga

ishondilar. O’z izlanishlarining markaziga esa shu insonni qo’ydilar. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yarata oldilar, keng xalq ommasining orzu-istak, his-tuyg’ularini ifodalab, ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr «gumanizm asri» (humanism lotincha insoniy, insonparvar) deb ham ataldi. O’yg’onish davri antik dunyo madaniyatidan ta’sirlandi. Uning

yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi(antik dunyo yodgorliklarining Italiyada mo’lligi bunga qo’l keldi).

Lekin bu davr ijodkorlari uning quliga aylanmadilar. Aksincha, undan o’z fikr, tuyg’u tushunchalarini ta’riflashda foydalandilar. Real voqelikka, go’zallikka qiziqish davr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Hayot real xodisa deb tan olindi. San’atkorlar voqelikni haqqoniy tasvirlashda yangi qonun-qoidalarni izlay boshladilar. Perspektiva, rangshunoslik, yorug’-soya

nazariyasi, plastik anatomiya borasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Me’morlik va amaliy-bezak san’ati ijodkorlari qadimgi an’analarni o’zlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdilar, me’morlikning yangi konstrukstiyalari vujudga keldi, ko’p qavatli uylar, yangi qiyofadagi ijtimoiy binolar qad ko’tardi. Binoning tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish, san’at sintezi borasida erishilgan yutuqlar keyingi jahon san’ati taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.





Yüklə 115,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin