Kurs ishi mavzu: Singapurning milliy rivojlanish strategiyasi va uning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə6/13
tarix03.06.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#116559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
SINGAPUR

Qishloq xo’jaligi. Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shug’ullaniladi.
Transport yoʻli uzunligi —83 km, avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro aeroport bor.
Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbob-uskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi (2002 yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi).
Pul birligi — Singapur dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. Singapurda davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika fakultetlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida pul toʻlab oʻqiladi. Dars, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi. Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunar texnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980 yilda Nanyan va Singapur universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham bor.
Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish markazida, Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi.5
Singapur shahrida 19-asrga xos eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari, Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60 yillar oxiridan buyon sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqa bor.

Gazeta va jurnallar. Singapurda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Berita harian" ("Kundalik yangiliklar", malayya tilidagi kundalik gazeta, 1957 yildan), "Biznes tayme" ("Ishbilarmonlar vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1976 yildan), "Lyanxe van bao" ("Birlashgan kechki gazeta", xitoy tilidagi kechki kundalik gazeta, 1983 yildan), "Lyanxe szao bao" ("Birlashgan tonggi gazeta", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1983 yildan), "Singapur biznes" ("Singapur biznesi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1977 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. "Singapur interneshnl media", S. radiosi (1936), S. televideniyesi (1963) kabi radio va telekoʻrsatuv hukumat xizmati mavjud.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin