Kurs ishi mavzu: Singapurning milliy rivojlanish strategiyasi va uning asosiy yo’nalishlari


Singapurning ASEAN integrasion jarayonlarining mintaqa iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati va faoliyati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə7/13
tarix03.06.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#116559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
SINGAPUR

2.2. Singapurning ASEAN integrasion jarayonlarining mintaqa iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati va faoliyati.
XIX asrning oxirda qariyb hamma Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari Yevropa va AQSh hukumatlari mustamlakasiga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu mintaqa xalqlari o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kirita boshladi. Davlatlar o‘zlarining iqtisodiy va siyosiy rivojlanish yo‘lida mintaqaviy hamkorlik ehtiyojlari 1967 yilda Janubiy Sharqiy Osiyo Davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN)ni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Janubiy Sharqiy Osiyo Davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967 yil 8 avgustda Bangkok deklaratsiyasi asosida tashkil qilindi. Bu assotsiatsiya asoschilari Indonizeya, Singapur, Malayziya, Tailand va Filippin orollari bo‘lib, o‘z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo‘yishdi: o‘zaro hamkorlik dasturi asosida mintaqaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy rivojlanishida bir–biriga ko‘maklashish; mintaqaning siyosiy va iqtisodiy barqarorligini saqlash va himoya qilish; mintaqa ichra kelishmovchiliklarda ASEAN anjuman (forum) sifatida ishlatilishi. Keyinchalik Bruney (1984 yil), Vetnam (1995 yil), Laos va Myanma (1997 yil), Kamboja (1999 yil) davlatlari ham kirdi. Maxsus kuzatuvchi statusiga Papua– Yangi Gvineya davlati ega6.
Oxirgi 25 yil ichida ASEAN davlatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘rtacha YaIM o‘sishi 7% ni tashkil qilib kelmoqda.7
ASEAN “sovuq urush” davrida tashkil qilingan bo‘lib, sotsialistik va kapitalistik tizim qarama–qarshilik avj olgan vaqtga to‘g‘ri keldi. Bunday sharoitdagi ASEANning ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy sohalardagi faoliyatining samarasi kam edi. 1960 yillar oxirlari va 1970 yillar boshlarida ASEAN faoliyatini ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish, siyosiy muammolarni hal qilish va Assotsiatsiya faoliyatini saqlab qolishga qaratdi. 1971-yil Janubiy Sharqiy Osiyo o‘zining betarafligini e’lon qilinishi ASEANning birinchi yutug‘i bo‘ldi8.
1992 yil Singapurda ASEAN davlatlari boshliqlari navbatdagi 4–yig‘ilishini o‘tkazdi va Erkin savdo hududini hamda imtiyozli bojxona tizimini yaratish uchun bitim imzolashdi. Shuningdek, bu yig‘ilishda Bosh sekretar o‘rni va sekretariat vakolati kengaytirildi.
1997 yil oxirida Kuala–Lumpur shahrida 2–norasmiy yig‘ilishida “ASEAN 2020 - yilda” konsepsiyasini olg‘a surdi. Uning maqsadi “2020 - yilga kelib ASEAN jahon hamjamiyati integratsiyasiga mo‘ljallangan barqaror, o‘zaro hamohang va hamkorlik tashkilotiga aylantirish”. Konsepsiyaga ko‘ra 2020 yil ASEAN 21-asrning Janubiy Sharqiy Osiyoning dadil va muvafaqiyatli rivojlanayotgan davlati bo‘ladi9.
1998-yil dekabr oyida ASEAN o‘zining 6–yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Xanoy deklaratsiyasi va dasturi ishlab chiqildi. Unda Janubiy Sharqiy Osiyodagi inqirozni bartaraf etish chora va tartiblari ishlab chiqildi.10



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin