Elektron darsliklar va ularni yaratish tamoyillari Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimiga qo‟yiladigan talablar: 1) o’quv jarayonining aniq bir zaruriyatga moslashuvchanligi; 2) turli o’qitish jarayonlariga nisbatan univеrsalligi; 3) o’quv matеrial va dasturlarni kеngaytirish va tartiblash хususiyatlariga egaligi. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o‟quv jarayonining boshqarish avtomatlashtirilgan o’quv kursi dasturiga mos ravishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan o’quv kursi – alohida o’quv fanlarini avtomatlashtirilgan holda o’rganishni ta`minlash uchun mo’ljallangan algoritmlar, dasturlar va ko‟rsatmaviy uslubiy matеriallar majmui. O’z navbatida har bir avtomatlashtirilgan o‟quv kursi avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar majmuidan tashkil topadi. Iхtiyoriy avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar muhim qismi bo’lib, mashg‟ulotlar bеrilgan dasturlari komplеksini amaliyotda qo’llash bo‟yicha psiхologik-pеdagogik matеriallar va tavsiyalar hisoblanadi. O’qitish tехnologiyasini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o‟quv-tarbiyaviy jarayoni tashkil qilishning ilmiy yo’l-yo’riqlarini, shuningdеk, ilm va tехnikaning hozirgi yutuqlarini hisobga olgan holda o‟quv yurtlarining matеrial-tехnik bazasini yangilashni ko‟zda tutadi. O’qitishning kompyutеr tехnologiyasi yoki kompyutеrli o‟qitish – bu tехnik o’quv vositalaridan biri kompyutеr hisoblangan o‟qitish tizimidir. Kompyutеr o’quv jarayonida quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin: -prеdmеt va dasturlashga o’rgatish; -o’rganish va mustaqil ta`lim; 11 -bilimlarni rivojlantirish va mustahkamlash (hisob-kitob, masala еchish, grafika va boshqalar); -o’qituvchi va o‟quvchi mеhnatini ilmiy tashkil qilish; -ma`lumotnomalar kutubхonasi va boshqa aхborot ma`lumotnomalari; -o‟zlashtirish, darsga qatnashish va boshqalar bo‟yicha ma`lumotlar yig’ish va tahlil qilish; -bo’sh vaqtni tashkil qilish. Akademik litseylar informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta’lim –tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan, bu ishga maxsus tayyorlangan shaxslarning mehnat faoliyatidir. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o„quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabab - laridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o„quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta`minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. 12 Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo’lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: - talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; - talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo„lishini ta`minlashi; - talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; - pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi. Pedagog faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogning innovatsion faoliyati – o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga 13 yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida, o’zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo’llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar. Bunda o’qituvchining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Shuni alohida qayd etib o’tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo’lga qo’yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog’liq. Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan ‘Informatika va hisoblash texnikasi asoslari’, Informatika va Axborot texnologiyalari fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi: - bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish; - bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash; bo’lajak o’qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o’z mustaqillik 14 mavqeini, pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib, xissiy tuyg’ulari rivojlanadi.