Kurs ishi mavzusi: Korxona faoliyatini tahlil etib, strategiyasini tanlash kirish. Tashkilot strategiyasi haqida tushuncha I bob. Korxona strategik pozitsiyasini baholash


II. BOB KORXONA STRATEGIYASINI TANLASH



Yüklə 76,92 Kb.
səhifə8/16
tarix15.12.2023
ölçüsü76,92 Kb.
#140867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Ii bob. Korxona strategiyasini tanlash-fayllar.org

II. BOB KORXONA STRATEGIYASINI TANLASH

2.1 . Strategik ko’rishni shakllantirish
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir‑biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.

Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat9:


  1. kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;


  2. kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish;


  3. kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida qaror qabo’l qilish;


Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim:


  1. axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak


  2. xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz


  3. texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz


SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob topish lozim.


Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:
  1. umumiy

  2. detallashtirilgan

Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish va xokazo.





Yüklə 76,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin