Kurs ishi suv resurslari va ulardan foydalanishni tashkil etish



Yüklə 91,39 Kb.
səhifə7/8
tarix02.12.2022
ölçüsü91,39 Kb.
#120348
1   2   3   4   5   6   7   8
2019 Suv resurslari va ulardan foydalanishni

XULOSA VA TAKLIFLAR


Suv resurslari mamlakatimiz qishloq xo’jaliging qon-tomiri sifatida doimiy almashtirib bo’lmas resurs bo’lib kelgan. Doimiy olib borib kelinayotgan islohotlar ham cuv resurslarini qamrab olgan. Shuning natijasi sifatida qishloq xo’jaligida suv resusrlarini boshqarish va u bilan ta’minlash borasida hududiy tamoyildan havza taomyiliga o’tildi. Bu islohotlar natijasida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi kabi tashkilotlar yuzaga keldi. Ular davlat tomonidan suv xo’jaligiga ajratilayotgan pul mablag’larining yetishmasligi, suv resurslarining yildan-yilga taqchilligi oshib borayotganligi, cuv isrofgarchiligini ko’payib borayotganligi sabab yuzaga keldi. Hozirgi kunda suv resurslari bilan ta’minlash muammosi yanada kuchayib borayotganligi uchun mazkur mavzuni o’rgandik va quyidagi xulosalarga keldik:

  1. Pastdarg’om tumanida 2011-2020 yillarda suv ta’minoti turli ko’rinishda bo’lgan va so’nggi yillarda suv ta’minotida miqdoran pasayish kuzatilgan. Tuman qishloq xo’jaligi 2011-2014 yillarda 116,8 -145 mln m3 suv resurslariga ega bo’lgan bo’lsa, 2015-2018 yillarda 77,9-111 mln m3 suv resurslari bilan ta’minlangan.

  2. Pastdarg’om tumani qishloq xo’jaligini 2018-2020 yillar ma’lumotlari asosida o’rganish natijasida jami daromadlar - 33,9%ga, xarajatlar - 33,2%, yalpi foyda - 37,1%ga ko’payishi, rentabellik darajasini 0,7 punktga oshishiga ta’sir etganligini ko’rish mumkin. Tumanda asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2020 yilda kartoshka - 82670,6 tonna, g’alla - 41669,0 tonna, sabzavot - 270144,5 tonna yetishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan kamayganligi kuzatildi.

  3. Pastdarg’om tumani fermer xo’jaliklariga suv resurslari yetkazib berishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili shuni ko’rsatdiki, 2018-2020 yillarda tumanda 35181,1 ga yer maydoni bo’lib, yetkazib berilgan suv miqdori 110-111 mln m3 ni tashkil etgan. Fermer xo’jaliklari soni o’rganilgan davrda 6,7%ga oshgan bo’lib, ular olgan daromadlar - 33,9%ga, foyda - 37,1%ga oshgan. Tumanda o’rtacha 1 ga yer maydoniga 2020 yilda 3,2 ming m3 suv yetkazib berilgan bo’lib, 2018 yilga nisbatan

  1. 1 ming m3 yoki 0,9% suv ta’minoti oshgan. Tahlil etilgan davrda o'rtacha 1 m3 hisobiga olingan daromadda - 32,7%, olingan foydada - 35,9% o’sish kuzatildi.

  1. Infratuzilmaga taalluqli fermer xo’jaliklari tomonidan ixtiyoriy birlashuv asosida tashkil etilgan suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) notijorat tashkilot hisoblanib, ta’sischilar - fermer xo’jaliklari umumiy yig’ilishi tomonidan joriy boshqaruv tayinlanadi.

O’tkazilgan tadqiqot bo’yicha ifodalangan xulosalar asosida bir qator takliflar kiritish imkonini berdi, ularning quyidagilardan iborat:

  • fikrimizcha, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etgan suv iste’molchilari uchun rag’batlantirish mexanizmlarini kengaytirish va tuman hokimliklari tomonidan suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini joriy qiladigan tashabbuskor fermer xo’jaliklariga amaliy yordam ko’rsatilishi lozim;

  • agrar sohada suvdan foydalanishni o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, suv ekinlar ekiladigan maydonga yer yuzida joylashgan irrigasiya tarmoqlari, ya’ni dastlab magistral kanallar, keyin xo’jaliklararo kanallar, nihoyat,


28




xo’jalik ichidagi sug’orish tarmoqlari orqali yetib boradi. Ushbu jarayon doimiy nazorat, ya’ni operativ boshqaruvni talab etadi. Suvning doimiy harakatda bo’lishi uchun suv xo’jaligi xodimlaridan katta mas’uliyatni talab etiladi. Eng muhimi, ushbu jarayonda bir necha o’n minglab suv va qishloq xo’jaligi xodimlari ishtiro k etadi. Natijada katta mehnat resurslari, moliyaviy mablag’lar sarflanadi. Shu bois avtomatlashtirilgan boshqaruvning tizimiga o’tish maqsadga muvofiq. Ushbu tizim nafaqat resurslarni tejash, balki suv isrofgarchiligining oldini olishga ham yordam beradi;

  • suv resurslaridan foydalanishni boshqarish tizimining murakkabligi shundaki, uni boshqarish bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarning natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin, ba’zan esa buning imkoni ham yo’q. Chunki sug’orma dehqonchilikning xususiyatlari xilma-xil va ko’p qirrali bo’lib, ular o’rtasidagi aloqadorlik esa murakkabdir. Vaqt o’tishi bilan suv xo’jaligini boshqarish, sug’orma dehqonchilikni yuritish tizimi takomillashib boradi. Bu esa tizimga yangicha yondashuvni taqozo etadi;

  • kredit ajratish mexanizmini takomillashtirish va suvni tejovchi texnologiyalar samaradorligi va joriy qilishda yaratilgan imtiyozlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali keng targ’ib etib borish zarur.

  • irrigatsiya tizimlarini modernizasiyalash suv xo’jaligida olib borilayotgan islohotlarning muhim istiqbolli yo’nalishidir. Shu bois irrigasiya tizimlari boshqarmalari hamda suv iste’molchilari uyushmalarini zamonaviy suv xo’jaligi texnikalari, suvni tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlash zarur;

  • yer osti suvlari respublikamizning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim strategik zahira hisoblanadi. Ushbu suv zaxiralarini chiqindilardan himoya qilish, ifloslangan hududlarni ixotalash asosida chuchuk yer osti suvlarining aniqlangan manbalari, zaxiralarini saqlab qolishga intilish XXI asrning bosh strategik vazifasi hisoblanadi.

Suv xo’jaligida innovatsion tizimni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

  • suv xo’jaligida ta’lim tizimini takomillashtirish;

  • qishloq va suv xo’jaligini ilm-fanni rivojlantirish;

  • innovasion jarayonlarda xususiy sektor ishtirokini ta’minlash va rag’batlantirish;

  • tizimdagi yuqori texnologik tarmoqlarni modernizasiyalash;

  • suv xo’jaligidagi innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish;

  • innovatsiyalar bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


29



Yüklə 91,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin