Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi


II-BOB. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-reja

II-BOB. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning maqsadi, yo’llari, usullari hamda amaliyotda tatbiq 
etilishi. 
 
2.1. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va 
xususiyatlari. 
 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotimizga o’tishimiz negizini ko’p ukladli 
iqtisodiyotni barpo etish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
sharoit yaratib berish tashkil qiladi. Buning uchun mamlakatimizda iqtisodiyotda 
davlat salmog’ini kamaytirish uchun mulkni davvlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik 
ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib 
berishdan iborat. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishi o’ziga xos ketma-
ketlikdan iborat 5 bosqichni tashkil etadi. 
 
2.1-rasm. O’zbekistonda mulkchilik shakllanishi bosqichlari
10
 
 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
10
Muallif ishlanmasi 
1-bosqich 
(1992-1993-yillar) 
2-bosqich 
(1994-1995-yillar) 
Savdo, maishiy xizmat sohasi va kichik sanoat 
korxonalari xususiylashtirildi. 
3-bosqich 
(1996-1998-yillar) 
4-bosqich 
(1998-2002-yillar) 
5-bosqich 
2003-yildan boshlab 
O’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga 
aylantirildi. Tanlov yoki kimoshdi savdosi orqali 
mulkdor bo’lish imkoniyati paydo bo’ldi. 
Xususiylashtirilmaydigan korxonalar tarkibiga kirgan 
korxonalardan tashqari barcha tashkilotlar davlat 
tasarrufidan chiqarildi. 
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy 
sarmoyadorlarni jalb etish, tashkilotlarda boshqaruv 
tizimi takomillashtirish tadbirlari belgilandi. 
Iqtisodiyotda xususiy sektorni ahamiyatini oshirish, 
past likvidli korxonalarni “nol” qiymatda investorlarga 
sotish tasdiqlandi. 


13 
xususiylashtirishning 1-bosqichi 1992-1993-yillarni o’z ichiga oladi.
Bu davrda savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalari va qishloq 
xo’jaligini qaytash ishlash tizimi paydo bo’ldi. Transport, qurilish va yengil sanoat 
tarmoqlariga tegishli korxonalar jamoa korxonalari va yopiq aksionerlik 
jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirildi. 
 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning 2-bosqichi 1994-1995-yillarda ro’y berdi. Bu bosqichda 
ko’plab yirik va o’rta korxonalar ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga 
aylantirildi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari 
paydo bo’ldi. Shu bilan birgalikda bu davrda davlat mulkiga tanlov yoki auksion 
orqali egalik qilish huquqi yuzaga keldi. Bu tashabbusning o’ziga xos xususiyati 
shundaki, xususiylashtirilgan kelgan samara orqali ham aholida bo’sh turgan 
mablag’ni jalb qilib, bozorga tazyiqini kamaytirish, ham yangi mablag’larni ishlab 
chiqarishga jalb qilib, raqobatni kuchaytirish maqsad qilib olingan edi. 
 Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan 3-bosqich 1996-1998-yillardan
iborat. Bu bosqichda aksiyalarinig nazorat paketlari davlat mulki bo’lgan 
korxanalar xususiylashtirildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki 
Qo’mitasining statistik ma’lumotlariga ko’ra , 1996-yil 1915 ta, 1997-yil 899 ta, 
1998-yilda esa 226ta tashkilotlar davlat tasarrufidan chiqarilgan. 
 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayoni 1998-2002-yillarda 4-bosqichni boshidan o’tkazdi. 
Bu davrda davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan daromadni yo’naltirish 
asosiy vazifa etib belgilandi. Mulk ob’yektiga chet eldan investitsiyalar kiritish, 
boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish hamda yangi mulkchilik munosabatlarni 
qo’llab-quvvatlash infratuzilmani yaratib berish amaliyotga tatbiq etildi. 
 2003-yildan boshlab O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning 5-bosqichi boshlandi. Iqtisodiyotda davlat mulki ulushi 
ishtirokini kamaytirib, xususiy sektor salmog’ini faollashtirish hamda iqtisodiy 
nochor holatdagi tashkilotlarni ivestitsiya shartlarini qabul qilgan holda “nol” 
qiymatda tanlov asosida sarmoyadorlarga berish mexanizmi tasdiqlandi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunida (1991 yil 19 
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik 
shaxslarning davlat mulki ob‘yektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining 
aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.


14 
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashiirishdan 
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga 
keltirishni ham ko‘zda tutadi. 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga 
ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali 
xususiylashtirish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek 
qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l 
va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning 
davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum 
darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir. 
Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb 
talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib 
bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil 
etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi 
mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi.
Xususiylashtirishning muhim xususiyatlaridan biri uning manzilli (adresli) 
yo’naltirilganligidadir. Bu orqali jamiyatdagi barcha qatlamni qo’llab-quvvatlashda 
bevosita qatnashish imkonini beradi. Ya’ni uy-joylarning imtiyoz yoki bepul 
berilishida, ijtimoiy yordam uchun o’tkaziladigan tadbirlarni davlat byudjeti 
tomonidan qoplanishida hamda qishloq aholisi chek yerlar olishida o’z ifodasini 
topadi. 
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi navbatdagi zarur 
xususiyatlardan biri hisoblanadi. Davlat mulkini sotib olish orqali bepul 
taqsimlashning salbiy oqibatlarini bartaraf etadi. Shuningdek, mulk sotishdan 
tushgan daromadlar yeg’ilib, xususiylashtirilgan korxonalarni, ijtimoiy zaif 
qatlamni qo’llab-quvvatlash dasturlari uchun moliyaviy manba shakllanadi. 
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning
yana bir muhim xususiyati shundaki, u aholini ijtimoiy kafolat bilan ta’minlaydi. 
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular 
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar 
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infrastruktura ob‘yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, 
fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish, 
hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa 
jihatlari 1-Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy 


15 
islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular 
quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
c) xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga rioya 
etiladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, 
uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. 
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri – bu 
ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab 
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligldir. Davlat mulkini xususiylaslitirish 
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining 
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk 
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib 
qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni 
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati 
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-
odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini 
rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum 
tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, 
oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat 
jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu 
bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda 
mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni 
boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat 
resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, 
tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga 
erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab 
etiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tarjibasi ko’p ukladlilik davlat sektorining 
o’ziga mos roli naqadar katta ekanligini ko’rsatadi. Mohiyat e’tibori bilan davlat 
tuzilmlarining samarali faoliyat ko’rsatishi – bu hozirgi zamonaviy ko’p ukladli 
xo’jalik tizimiga o’tishning eng muhim shart-saroitidir 
Shu o’rinda shuni eslatib o’tish joizki, mamlakatimizdagi mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha islohotlar olib borilayotgan bir 
paytda iqtisodiyotimizda davlat mulki bo’lishi ham muhim. Chunki ayrim 
tarmoqlarni davlat tasarrufidan chiqarib bo’lmaydi. Iqtisodiyotimizni jadal 
rivojlantirishda davlat ulushi ham muhim ro’l o’ynaydi. Biz barcha narsalarni 
mulkdorlar qo’liga o’tkiza olmaymiz. Hozirgi kunda davlat tasarrufidan 
chiqarilmaydigan yerlar va obyektlardan iborat ro’yxat tuzildi. 
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi: 


16 
o
Xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari,davlat mulkidag i 
strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari; 
o
Rejalashtirish sxemalari bo’lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari; 
o
Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va 
tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo’ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer 
uchastkalari; 
o
O’rmon va suv fondlarining, shahr va shaharchalarning umumiy 
foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil 
bo’ylari, skverlar, xiyobonlar); 
o
Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo’lgan 
yer uchastkalari; 
o
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer 
uchastkalari. 
Taklifimiz shundan iboratki, endi bu korxonalarni bozorda tarkiban o’z 
o’rini topib, ularni moslashtiradigan xo’jalik yuritish mexanizmini yaratish kifoya.
Bu yo’nalishda ham ko’plab dasturlar ishlab chiqilmoqda va ular o’z samarasini 
ko’rsatishiga ishonamiz. 

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin