Kurs loyihasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/13
tarix23.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#127456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Fotorezistor

Nurlanuvchi diodlar(lazerlar) - bitta r-n o‘tishga ega bo‘lgan, elektr energiyani nokogerent yorug‘lik nuriga o‘zgartuvchi yarimo‘tkazgich nurlanuvchi elektron asbobdir. Nurlanuvchi diodlarda elektron - kovak juftliklarining rekombinatsiyalashuvi natijasida yorug‘lik nuri paydo bo‘ladi. Agar r-n o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan bo‘lsa rekombinatsiya sodir bo‘ladi. Nurlanuvchi rekombinatsiya to‘g‘ri zonali deb ataluvchi yarimo‘tkazgichlarda hosil bo‘ladi. Bunday yarimo‘tkazgich sifatida arsenid galliyni keltirish mumkin. Nurlanayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi  energiyasi taxminan yarimo‘tkazgich ta’qiqlangan zonasi kengligiga mos keluvchi kvant energiyasi bilan aniqlanadi. Arsenid galliy asosida tayyorlangan nurlanuvchi diodlarning to‘lqin uzunligi  = 0,9-1,4 mkm ni tashkil etadi. Ko‘rinuvchi nurlar diapazonidagi nurlanuvchi diodlar fosfid galliy, karbid kremniy va boshqalar asosida tayyorlanadi. Zamonaviy nurlanuvchi diodlarda galliyning azot va alyuminiy bilan birikmalaridan foydalaniladi.
Nurlanuvchi diodlarning energetik xarakteristikasi sifatida kvant chikishi (samaradorlik) dan foydalaniladi. Kvant chiqishi boshqaruv zanjiridan o‘tayotgan har bir elektronga nurlanuvchi diod chiqishida nechta nurlanish kvanti to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Gomoo‘tishli nurlanuvchi diodlar uchun odatda kvant chiqishi 0,01-0,04 ni tashkil etadi. Geteroo‘tishli nurlanuvchi diodlar hosil qilish uchun binar va uch komponentali yarimo‘tkazgich birikmalardan foydalaniladi, ular uchun kvant chiqishi ancha yuqori qiymatni (0,3 gacha) tashkil etadi, lekin hamma vaqt birdan kichik bo‘ladi. VAXlari, oddiy diodlarnikidek, eksponensial bog‘lanish bilan ifodalanadi. Nurlanuvchi diodning qayta ulanish vaqti 10-710-9 s ni tashkil etadi.
Nurlanuvchi diodlar optik aloqa liniyalarida, indikatsiya qurilmalarida, optoelektron juftliklarda va yaqin kelajakda elektr yoritgich asboblarni almashtirishda qo‘llaniladi.
Fotodiod va nurlanuvchi diod optoelektronikaning asosiy yarimo‘tkazgich asboblaridir. Optoelektronika - elektronikaning bo‘limi bo‘lib, axborotlarni qabul qilish, uzatish va qayta ishlashda yorug‘lik signallar elektr signallarga va aksincha o‘zgartirilishini ta’minlovchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish, yaratish va amaliy qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
Optoelektronika – elektronikaning bir bo‘limi bo‘lib, axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari yorug‘lik signallarini elektr signallarga aylantirish va aksinchaga asoslangan qurilmlarni nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Optoelektronika elementlari bo‘lib fotodiod va yorug‘lik diodi hisoblanadilar.
Optoelektron juftlik, yoki optojuftlik konsturksiyasi jihatdan optik muhit orqali o‘zaro bog‘langan nurlatgich va foto qabul qilgichdan tashkil topgan bo‘ladi.
Kiruvchi elektr signal ta’sirida nurlanuvchi diod yorug‘lik to‘lqinlarini generatsiyalaydi, fotoqabulqilgich esa (fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalar) yorug‘lik ta’sirida fototok generatsiyalaydi.
Optojuftliklar raqamli va impuls qurilmalarda, analog signallarni uzatuvchi qurilmalarda, avtomatika tizimlarida yuqori voltli ta’minlovchi manbalarni kontaktsiz boshqarish va boshqalar uchun qo‘llaniladi.





Nurlanuvchi diod va fotodioddan (a), fototranzistordan (b), fototiristordan (v), fotorezistordan (g) tashkil topgan optojuftliklarning sxemada shartli belgilanishi keltirilgan.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin