Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
U ko‘rinishidan Samarqandga qaytmoqchiga o‘xshardi. Ammo daradan chiqqandan keyin 
yo‘lni o‘ngga burdi, boshqa bir dara orqali Xo‘ja Yahyoning o‘ng tomonidan aylanib o‘tdi. 
G‘ira-shira qorong‘ilik tushib, odam odamni yaxshi tanimaydigan payt bo‘lganda 
Ko‘pakbiy barcha askarlari bilan yuqoridan ko‘chkiday yopirilib tushdi. Qiy-chuv, dod-
voylarga qaramay, Xo‘ja Yahyoning o‘zini ham, ikki o‘g‘lini ham, qo‘riqchi yigitlarini ham 
qilichdan o‘tkazishdi. Tirik qolgan ayollar Ko‘pakbiyning o‘nboshilariga boshqa o‘ljalar 
qatorida ulashildi. Sandiqdagi javohirlar va oltin-kumushlarning yarmi kechasi xonning 
xazinasiga eltib topshirildi. Chunki Ko‘pakbiyning Xo‘ja Yahyoni hajga jo‘natish bahonasi 
bilan tog‘ ichida o‘ldirishi va boyligini musodara qilishi Shayboniyxonning imo-ishorasi 
bilan qilingan edi. 
Bu voqeadan xabar topgan Sulton Ali mirzo o‘lim xavfi o‘ziga ham yaqinlashib 
kelayotganini sezdi-yu, qanday qilib bo‘lsa ham qochib qutulishning payiga tushdi. 
Quyuq tuman tushgan kuni azonda ikki navkari bilan Feruza darvozasidan yashiriqcha 
chiqib, Panjakent tomonga qochdi. Biroq Temur Sulton uning ketiga qo‘ygan xufiyalar bu 
voqeadan xabardor edilar. Sulton Ali mirzo qal’adan qochib chiqquncha uni ataylab 
qo‘yib bergan edilar. Chunki uning aybini bo‘yniga qo‘yib qochib ketayotgan paytida 
tutib o‘ldirmoqchi edilar. Sulton Ali mirzo Siyob bo‘ylariga bormasdanoq ketidan Temur 
Sulton ikki yuz navkari bilan uni quvib yetdi va darhol o‘rab olib, bir qilich zarbi bilan 
boshini tanasidan judo qildi. 
Mansur baxshiga nikohlab berilgan Zuhra begim yolg‘iz o‘g‘lining tobutda boshsiz yotgan 
tanasini ko‘rganda o‘zining kallasiga mushtlarini urib dod soldi, yuzini qo‘li bilan tirnab 
qonatib yubordi, ko‘ylagining yoqasini yirtib chinqirdi. Lekin g‘oliblar buning hammasiga: 
«Battar bo‘l, o‘zing sababchisan!» degandek bir zaharxanda bilan qarashdi. 
_______________ 
* G‘ u n ch a ch i — muvaqqat xotin.
4 
Suvlarning yuzi xazonlarga to‘lib oqadigan sershamol kuz kunlari boshlandi. 
Samarqanddan o‘ttiz chaqirimcha sharq-janub tomonda, Panjakentdan quyida Zarafshon 
daryosini kechib o‘tgan ikki yuzdan ortiq qurolli suvoriylar qorong‘i tushganda Siyob 
bo‘yiga yaqinlashdilar. Ular yo‘llarida uchragan qishloqlarni chetlab o‘tishar, hech 
qayerda to‘xtamasdan, shovqin-suron ko‘tarmasdan, mumkin qadar sukut saqlab 
kelishar edi. Ularga birda-yarim duch kelib qolgan dehqonlar qo‘rqib o‘zlarini chetga olar 
edilar. Shayboniyxonning askarlari hammaning yuragini olib qo‘ygan edi. Hozir 
Samarqand atroflarida xonning besh mingdan ortiq qo‘shini bor edi. Odamlar mana bu 
otliqlarni ham shu qo‘shinning bir bo‘lagi deb o‘ylab, ulardan balodan qochganday 
qochar edilar. 
Biroq otliqlarning o‘zlari allanarsadan xavotiri borday ehtiyot bilan bormoqda edilar. 
Qorong‘ida Siyobdan o‘tayotganlarida, otlarning besh-oltitasi balchiqqa tiqilib qoldi. 
Ularni balchiqdan chiqarishga urinib, o‘zlari loyga botgan, yuzlarini qamishlar tirnagan 
navkarlar achchiq ustida baland ovoz bilan so‘zlashgan edilar, tanish ovoz ularni urishib 
berdi: 
— Muncha dodlaysiz? Yog‘iyga xabar bermoqchimisiz? 
Boburning ovozini tanigan bir navkar: 
— Ma’zur tuting, amirzodam, — dedi. — Harom o‘lgur ot yomon tiqildi! 
Buloq suvlaridan yig‘ilgan Siyob sovuq kuz kechasida bug‘lanib oqmoqda edi. Tun 
qorong‘isi ustiga suv bug‘lari ham qo‘shilib, balchiqni quruq yerdan ajratib bo‘lmas edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin