TOSHKENT, O‘RATEPA, SO‘X
KO‘CHKI BOSGAN BULOQ
1
Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar
Sa-marqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
www.ziyouz.com kutubxonasi
150
ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig‘ining
bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg‘irida yuvingan. O‘rik, olcha barglari o‘z butoqlari
bilan vidolashish oldidan shafaqday qizil tus olgan. Uzoqdan ko‘rinib turgan Chotqol
tog‘lariga qor tushgan.
Qamal dahshatlarini boshdan kechirib kelayotgan Boburga Toshkentning to‘kin-sochin
kuzi, bag‘ri kengligi, tog‘dan esgan sarin shabadasi ma’sud o‘smirlik davrini eslatdi. U
o‘n olti yasharligida kelganida Xadradan pastdagi Hazrati Ukkosha bulog‘idan suv
ichgan. O‘qchi mahallasida Toshkentning jahonga mashhur o‘q-yoylarini yasagan
ustalarga oltin bezakli «Kamoni Shoshiy» buyurtma bergan, Shayhantohurga ko‘milgan
bobosi Yunusxonning qabrini ziyorat qilgan edi.
Hozir u elliktacha bek va navkari bilan (qolganlari uni O‘ratepada kutib turadigan
bo‘lishdi) Besh-og‘och darvozasidan kirib, Qoratosh mahallasi orqali xon saroyi tomon
borar ekan, yonidagi Qosimbek birdan bezovta bo‘ldi:
— Nechun dorug‘a peshvoz chiqmadi?
Bobur Toshkent xonining jiyani edi, o‘tgan gal kelganlarida shahar dorug‘asi ularni
qo‘rg‘ondan tashqarida izzat-ikrom bilan kutib olib, saroyga boshlab borgan edi.
— Bu gal biz xonumondin ayrilib, mag‘lub bo‘lib kelmoqdamiz, janob Qosimbek! — dedi
Bobur ma’yus kulimsirab. — Shuning uchun ortiqcha ehtirom kutmang.
Chindan ham Mahmudxon saroyida Boburni juda sovuq qarshi olishdi. Uning navkarlarini
hatto arkka kirgizishmadi. Bobur Qosimbekning izzat-nafsga borib asabiylashayotganini
ko‘rdi-yu:
— Siz bilan biz Samarqandda naqd o‘limni zimmamizga olgan edik, hatto o‘limdan najot
izlagan edik!— dedi. — O‘shal dahshatlarning oldida bu mayda behurmatliklar hech gap
emas. Kecha O‘ratepada bir bayt bitdim, aytaymi?
— Bajonidil!
— Eshiting:
Davlat uchun ko‘ngulni zor etma,
Izzat uchun o‘zingni xor etma!
— Haq gapni bitibsiz, amirzodam. Bu bevafo dunyo g‘am yemakka arzimaydir!
Shu bilan ikkovlari bir-birlariga sal tasalli bergan bo‘ldilaru, Bobur xonning
qabulxonasiga qarab ketdi.
Qo‘liga oltin dastali hassa ushlagan, zarbof to‘n kiygan shig‘ovul Mahmudxonning
Shayboniyxon elchisi bilan band ekanini aytganda, Boburning qalbida birdan noxush
tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. U qamaldan chiqqandan so‘ng ikki oycha O‘ratepada xolasinikida
turgan, Shayboniyxon Mahmudxonga elchi yuborib, Movarounnahrni bo‘lib olish haqida
bitim tuzishga intilayotganini o‘sha yerda eshitgan edi. Mishmishlarga qaraganda,
Shayboniyxon Farg‘ona vodiysini Toshkent xoniga berib, O‘ratepani o‘zi ishg‘ol qilmoqchi
emish. Agar shu gap rost chiqsa, Boburning bu atrofda jon saqlaydigan joyi qolmaydi,
Movarounnahrdan bosh olib chiqib ketish kerak bo‘ladi.
Uning bugun Toshkentga kelishidan maqsadi — tog‘asini Shayboniyxonning makru
hiylalaridan ogoh qilish va uni bosqinchilarga qarshi mudofaaga chorlash...
Bobur qabulxonada ancha vaqt muntazir turgandan keyin shig‘ovul chiqib, uni xonning
huzuriga boshlab kirdi. To‘rda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan shatranj donalari
ko‘rindi. Shayboniyxonning elchisi yo‘g‘on gavdali, bahaybat Jonibek Sulton xonga ta’zim
qilib turibdi. Sarg‘ish yuzli, xushbichim Mahmudxon tillarang mo‘ylovini dikkaytirib
mamnun kulimsirayotganiga qaraganda, hozir Jonibek Sultonni shatranjda yutgan edi.
To‘rt yildan beri jiyanini ko‘rmagan tog‘asi shuncha uzoqdan boshiga kulfat tushib kelgan
Boburni kuttirib qo‘yib, o‘zi Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o‘ynab o‘tirganida
qandaydir yashirin ma’no bor edi. Mahmudxon mag‘lub bo‘lgan jiyanidan ko‘ra g‘olib
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Dostları ilə paylaş: |