Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
orasida shu ism bilan tanilgan edi. 
Shayboniyxon doimiy odatini qilib, bu juvonga g‘oyibona oshiq bo‘lgani haqida qisqa 
bir g‘azal yozdi-yu, shoir Muhammad Solihni oraga qo‘yib, she’rini begimga yetkazdirdi. 
Muzaffar mirzo nomardlik qilib xotinlarini tashlab ketganidan qahri kelgan Qorako‘z 
begim xonning g‘azalini xush qabul qildi. Xadicha begim boshliq boshqa kelinlar 
Hirotning eng mustahkam istehkomi bo‘lgan Ixtiyoriddin qal’asiga kirib bekinganlarida 
Qorako‘z begim ulardan ajralib qoldi va otasining shahar tashqarisidagi chorbog‘iga 
ketdi. Keyin begimni hammomda yuvintirishib, kelinlarday yasantirishdi-yu, xon 
yuborgan shohona mahofaga solishib Qahdistonga olib ketishdi. 
Kechki payt Hirotning shayxulislomi va qozisi xon qarorgohiga chaqirildi. 
Bugun odatdagidan yoshroq ko‘rinayotgan Shayboniyxon shariat peshvolarini mahfuri* 
gilam to‘shalgan borgohda qabul qildi. Xonning yonida turgan mullo Abdurahim Qorako‘z 
begimni bugun imomi zamonga nikohlash haqida gap ochdi. 
— Bugunmi? — deb shayxulislom qoziga sarosima bo‘lib ko‘z tashladi. Qozi bu 
qarashning ma’nosini tushundi. 
Qorako‘z begim Muzaffar mirzoning nikohida edi. Erining tashlab ketganiga besh kun 
ham bo‘lgani yo‘q. Holbuki, bir musulmonning nikohidagi xotinning iddasi bo‘ladi, uch oy 
o‘tmaguncha boshqa kishiga nikohlash mumkin emas. Shariat buni qat’iyan man qilgan! 
Shayxulislom xonning oyog‘i tagidagi gilamni o‘pib, shu to‘g‘rida gap boshlagan edi, xon 
uning so‘zini kesdi: 
— Shariatni bizga o‘rgatmang! Begimni hezalak eri bundan to‘rt oy oldin uch taloq 
qo‘ygan. Siz uch oy deysiz! Begim to‘rt oy boshi ochiq yurgan! Nahotki, siz, shariat 
peshvolari bundan bexabarsiz?! 
Xonning qahridan qo‘rqib ketgan shayxulislom oppoq soqolini mahfuri gilamga surkab 
yana yer o‘pdi. 
— Xabardormiz, hazratim! 
— Xabardormiz! — dedi qozi ham gilamni o‘pib. Ular Muzaffar mirzoning bundan to‘rt oy 
burun achchiq ustida xotinini uch taloq qo‘yganini bilar edilar. Biroq keyin mirzo xotini 
bilan yana yarashganda shayxulislom bilan qozi begimni eriga qaytadan nikohlab bergan 
edilar. Lekin begimning avvalgi yosh eri tilga olinganidan rashki kelib, sabr kosasi to‘lib 
turgan xonga buni aytish— o‘limni bo‘yniga olish bilan barobar edi. 
Shariat peshvolari endi bu to‘g‘rida «churq» etmasdan nikoh o‘qishga hozirlandilar... 
______________ 
* M a h f u r i — gullariga she’riy baytlar qo‘shib to‘qilgan nodir ipak gilam.
* * * 
Sallasiga la’l va gavhar bilan birga ukpar ham qadalgan Shayboniyxon kechasi 
begimning xobgohiga shahdam qadamlar bilan kirib ketdi. Xobgohning tashqi bo‘lmasida 
xonning haramiga qaraydigan keksa beka, ikkita bichilgan habash qul va begimga 
ergashib kelgan ikkita kaniz navbatchilik qilib qolishdi. 
Bir vaqt xobgoh eshigi shaxt bilan ochildi-yu, yelvagay to‘n kiygan, boshidagi oq 
shabpo‘shi* bir yonga og‘ib ketgan Shayboniyxon chiqib keldi. Uning rang-quti o‘chgan, 
lablari pirpiraydi. 
— Behayo ekan! Buzilib ketgan ekan! Bezbet! 
Haram bekasi begimning kanizlari bilan birga shosha-pisha ichkariga kirdilar. To‘shak 
chetida yuzini qo‘llari bilan bekitib olgan go‘zal juvon yelkalari silkinib, piq-piq yig‘lar edi. 
Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘z begim Hirotning so‘nggi podsholari yaxshi ko‘radigan va 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin