Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
— Voh! — dedi musibatli tovush bilan. — Eng ishongan odamlarim ham menga xiyonat 
qilmishlar. Gulni o‘g‘irlab ketmishlar! So‘nggi najotimni ham o‘g‘irlatibmen! Oh! 
— Sen oh-voh deb, Husayn Boyqaroni aldab o‘rgangansen. Lekin meni alday olmaysen. 
Top gulni! Qani, qaerga yashirgansen? 
— Mana shu chetki sandiqda edi... 
— Yolg‘on! Sen uni boshqa joyga yashirgansen! Ko‘rsat o‘sha joyni! 
Mansur baxshi Xadicha begimni zinapoyadan yuqoriga sardoba bo‘yiga olib chiqdi. 
— Meni alday olmaysen! Ko‘rsat! 
— Men sizni aldaganim yo‘q? O‘zim aldandim! Mening paymonam to‘lgani rost ekan. 
Meni o‘g‘lim aldab ketdi! Muzaffar mirzoni deb men nimalar qilmagan edim! Oqibati shu 
bo‘ldi! Meni bu qiynoqlarga o‘g‘lim tashlab ketdi! O‘g‘lim!!! 
— Lekin sen oltin gulni o‘g‘lingga ham bermagansen! Uni o‘zing yashirgansen! Xon 
hazratlari menga aytdilar. «Gavhar donasini tishlab turgan bulbuli bor», dedilar. Men bu 
gulni oltin bulbuli bilan xonga peshkash qilamen deb so‘z berganmen. Top hozir! 
— O‘g‘irlatgan bo‘lsam qanday topay?! 
— Topmaysenmi hali? Topmaysenmi?! Mana topmasang! Devday zo‘r Mansur baxshining 
bir zarbi bilan Xadicha begim suvi muzday sardobaga shaloplab qulab tushdi. Mansur 
baxshi uni sochidan tortib chiqarib oldi-yu, haramga tomon sudrab ketdi. 
Bu qiynoqlar uch kun davom etdi, ammo oltin gul topilmadi. Xadicha begimning joni 
qattiq ekan, tirik qoldi. Mansur baxshini esa kelajakda bo‘ladigan janglardan birida ajal 
kutmoqda edi... 
_________________ 
* N a q b s o l i sh — tagi kavlangan devorni olov va borut (porox) bilan portlatib qulatish.
4 
«Nahotki mening ham paymonam to‘lgan bo‘lsa?»— degan qo‘rqinchli o‘y 
Shayboniyxonning xayoliga Mur-g‘ob daryosining bo‘yida to‘satdan Shoh Ismoilning 
qo‘shinlari qurshoviga tushib qolgan paytda keldi. 
Achchiq izg‘irin esib, qor uchqunlab turgan bu bad-qovoq kunda Shayboniyxon Murg‘ob 
bo‘yiga Shoh Ismoil Safaviyni ta’qib etib borib qolgan edi. Bundan bir necha soatgina 
oldin Shoh Ismoil bor qo‘shini bilan Marv qo‘rg‘onidan orqaga chekingan paytda Shaybo-
niyxon o‘zining yana ulkan g‘alabaga erishishiga mutlaqo ishongan edi. Chunki Marv 
qo‘rg‘oni ichida ko‘pdan beri kuch saqlab o‘tirgan Shayboniyxonning o‘n besh ming 
qo‘shini bor edi. Xonga kelgan aniq axborotlarga qaraganda, Shoh Ismoilning Marv 
qo‘rg‘onini qamal qilib, qish sovug‘ida izg‘ib yurgan qo‘shini o‘n ikki mingdan oshmas 
edi. Sovqotib, orqaga betartib chekingan lashkarga ichkarida issiqqina joyda kuch 
to‘plab yotgan lashkar hamla qilsa — Shayboniyxonning g‘olib chiqishi muqarrardek 
tuyulardi. 
So‘nggi yillarda Shayboniyxonning eng zo‘r istagi— Shoh Ismoil ustidan uzil-kesil g‘alaba 
qilish edi. O‘zini «xalifai rahmon» deb e’lon qilgan Shayboniyxon musulmon olamiga 
yagona diniy rahbar bo‘lish niyatida edi. Eron va Ozarboyjonda shia mazhabini davlat 
dini qilib ko‘targan Shoh Ismoil Safaviy esa o‘zini «sohibi zamon» deb e’lon qilgan edi. 
Demak, u ham musulmon olamiga rahbar bo‘lishga intilardi. «Bir qinga ikki qilich 
sig‘magay, musulmon olamiga yo men rahbar bo‘lishim kerak yoki Shoh Ismoil!» 
Shayboniyxon shu e’tiqod asosida Shoh Ismoil bilan bultur astoydil bellashmoqchi bo‘ldi. 
Hirotdan ellik ming qo‘shin bilan Eronning Kermon va Gurgon shaharlarigacha bostirib 
bordi. O‘shanda Shoh Ismoil g‘arbdagi turk sultoni Boyazid II bilan jang qilib yurgan edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin