Kutubxonasi


KOBUL  TOSHGAN DARYO O‘ZAN IZLAYDI



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318
yulduzli tunlar

KOBUL 
TOSHGAN DARYO O‘ZAN IZLAYDI 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
1 
Kechki payt Kobul qal’asining janubidagi ko‘ldan bir to‘p o‘rdak uchdi. Ko‘l bo‘yidagi 
bo‘liq o‘t-o‘lanlar orasida pisib o‘tirgan mirzo Humoyun kamondan ketma-ket ikkita o‘q 
otdi. Osmonga ko‘tarilib borayotgan tumshug‘i uzun o‘rdaklardan biri to‘pidan ayrilib 
pastlay boshladi, so‘ng qanotlarini majolsiz yoyib, ko‘lning narigi chetiga qulab tushdi. 
Ko‘lning o‘sha tomonida podshohning sakkiz eshkakli, soyabonli kemasi yurgan edi. 
Humoyun bu yoqdan to otlanib, atkasi va mulozimlari bilan ko‘l sohilini aylanib o‘tib 
borgunicha kemadagilar o‘q tekkan o‘rdakni suvdan olib, qirg‘oqqa chiqdilar. 
Ularning orasida Bobur ham bor edi. Humoyun o‘zi otgan o‘rdakni otasi qo‘liga olib 
qarayotganini ko‘rdi-yu, otidan sakrab tushdi va ancha berida ta’zim qilib to‘xtadi. 
Bobur o‘rdakning to‘shiga qadalib qolgan yoy o‘qini keskin bir harakat bilan sug‘urib oldi-
yu, o‘g‘liga ko‘zlarini suzib qaradi: 
— Bu o‘q senikimi? 
Humoyun otasinnig kayfi borligini sezdi. Bobur so‘nggi paytlarda ko‘p ichadigan bo‘lgan, 
bugun ham ulfat beklari bilan kemada chog‘ir ichib o‘tirgan edi. Humoyun ko‘l va uning 
atroflari podshohning daxlsiz, xos yerlari ekanini esladi. Otasi oldida odobsizlik qilib 
qo‘yganday ko‘zlari javdirab: 
— Hazratim, — dedi, — afv eting, bemavrid o‘q otmishmen. 
— Ammo o‘qni yaxshi otmishsen, — deb Bobur o‘g‘liga endi kulimsirab gapirdi. — Ma, 
haloling bo‘lsin! 
Humoyun chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha, o‘ng qo‘li bilan ovini otasidan oldi-yu, 
mulozimlaridan biriga berdi. 
Boburdan orqaroqda turgan ko‘zlari katta-katta ozg‘in qora yigit — Hindubek tig‘iz oq 
tishlarini ochib kuldi: 
— Amirzodam merganlikda hazrat otalariga tortmishlar. 
Shirakayf Xo‘ja Kalonbek bu gapga darhol qo‘shildi: 
— Padari buzrukvorga munosib o‘g‘il! 
Bobur esa bir chetda jim qo‘l qovushtirib turgan Qosimbekka mamnun nazar tashladi. 
Yoshi oltmishdan oshib, eshik og‘aliq lavozimidan ketgan Qosimbek hozir Humoyunga 
atkalik qilmoqda edi. Boburning o‘ziga shuncha yil sodiq xizmat qilgan bu odam endi 
bo‘y yetib kelayotgan Humoyunni ham otalarcha mehr bilan tarbiyalayotgani bilinib 
turardi. 
— Janob Qosimbek Humoyunga merganlikdan yaxshi ta’lim bermishlar, — dedi Bobur. — 
Biroq amirzodam chavandozlikda nechuklar? 
Qosimbek Humoyunga «javob bering» deganday qilib qaradi. Humoyun ko‘zlari go‘yo 
ilhom bilan yonib: 
— Hazratim, ijozat bering, — dedi-da otlarni qo‘li bilan ko‘rsatdi. Bobur uning so‘nggi 
yillarda o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan birini ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi. 
— Qani, qani, — dedi maroq bilan. 
Humoyunning yoshi o‘n uchga borib, bo‘yi otasining bo‘yiga yetay deb qolgan. Yurish-
turishi ham Boburning o‘smirlik paytini eslatar edi. Qosimbekning ishorasi bilan 
navkarlar ikkita yuvoshroq otni bir chetga yetaklab chiqdilar-da, yonma-yon tutib 
turdilar. Humoyun o‘zining seryol qora qashqa otiga sakrab mindi, jilovni keskin burib, 
xiyol orqaga ketdi. So‘ng narigi ikki otga shitob bilan yaqinlashdi-da, jilovini qo‘yib 
yubordi. Otlar jips kelganda ikkinchi otning egaridan ikki qo‘llab tutganicha, egardan 
egarga sakrab o‘tdi. Shunda uchinchi ot joyidan qo‘zg‘alib ketdi. Humoyun mingan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin