Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
Mavlono Fazliddin o‘shanda qanchalik ko‘hlik yigit bo‘lganiga hozir ishonish qiyin. Azob-
uqubatlarga to‘lib-toshgan so‘nggi o‘n yilliklar uning bo‘yinlariga ham ajinlardan to‘r 
solib ketgan, qo‘llarini suyakday qotirib, tomirlarini bo‘rttirgan, yelkasini bukchaytib, 
oltmish yoshlik mo‘ysafidga o‘xshatib ketgan. Holbuki, u endi ellik uch yoshga kirgani 
Xonzoda begimga ma’lum edi. «O‘zimchi?» deb begim har kuni ko‘zguda ko‘radigan 
aksini xayolidan o‘tkazdi. Xonzoda begimning old tishlaridan uch-to‘rttasi tushib ketib, 
lablari burisha boshlagan, sochi siyraklashib, kulrang tusga kirib qolgan edi. 
Go‘zal yoshliklari endi hech qachon qaytib kelmasligi, umrlarining eng yaxshi yillari 
ochilmay so‘lgan gulday umrbod xazon bo‘lganligi Xonzoda begimning yurak-bag‘rini 
timdalab o‘tdi. 
— Mavlono, o‘g‘lingiz necha yoshdalar? 
— Yigirma birda, begim. 
Xonzoda begim halok bo‘lgan Xurramshohning tirik bo‘lsa hozir yigirma ikki yoshga 
kirishini esladi. Bu yo‘qotishning unutilmas alami keyingi dardi ustiga qo‘shildi-yu, 
ko‘ziga yosh quyilib keldi: 
— Ishqilib, o‘g‘lingizning umri uzoq bo‘lsin. Men ko‘rgan musibat sizning boshingizga 
hech vaqt tushmasin, mavlono. Men endi tirik qolmayman degan edim. Yolg‘iz 
o‘g‘limning ketidan ketaman degan edim. Lekin jonim qattiq ekan. 
Mavlono begimning yig‘isidan sarosimaga tushib o‘g‘liga bir qarab oldi. So‘ng begimning 
xayolini boshqa yoqqa burish uchun o‘zining boshiga tushgan azob-uqubatlardan 
so‘zlashga tushdi: 
— Hirotlar ham juda notinch bo‘lib ketdi, begim. Shoh Ismoil shaharni olib, sunniylarni 
quvg‘in qildi. Keyin yana shayboniyzodalar shaharni bosib olib, shia tarafdorlarini 
qatag‘on qildi. Shia mozorlarini ochirib, Marvda Shayboniyxonni o‘ldirtirgan 
ruhoniylarning suyaklarini to‘plarga solib ottirdilar. Keyin ko‘p o‘tmay, Hirotni yana 
qizilboshlar ulardan tortib olishdi. Qasd olish qaytadan boshlandi. Hammayoq alg‘ov-
dalg‘ov. Kamoliddin Behzod Hirotdan Tabrizga shoh saroyiga xizmatga olib ketildi. 
Mavlono Xondamir shahardagi to‘polonlardan bezib, ota yurtlaridagi uzoq bir qishloqqa 
chiqib ketdilar. Bizga o‘xshagan musofirlarning ahvoli bundan ham battar bo‘ldi... 
O‘g‘limiz Aloviddin Hirotda sangtaroshlik san’atini o‘rgangan edi. Lekin san’at bilan 
kimning ishi bor? Axiri, shoir Muhammad Sulton bilan maslahatni bir joyga qo‘ydigu 
Bobur mirzodan panoh istab Kobulga keldik. 
Bu gaplar davomida Xonzoda begim ko‘z yoshlarini artib, o‘zini ancha bosib oldi: 
— Kelib behad yaxshi qilgansiz, mavlono... men sizga bir omonatingizni qanday 
qaytarishni bilmay yurgan edim. 
Mavlono Fazliddin ko‘zlari pirpirab: 
— Qaysi omonatim? — dedi. 
Xonzoda begim ma’yus kulimsirab: 
— Hozir, — dedi-yu, o‘rnidan ko‘tarildi va to‘rdagi o‘ymakor eshikdan ichkariga kirib 
ketdi. 
Ko‘p o‘tmay u bir xizmatkorga oq ipak matoga o‘ralgan narsani ko‘tartirib qaytib chiqdi. 
Begimning ishorasi bilan xizmatkor haligi narsani mavlono Fazliddinning oldiga qo‘ydi-
da, ta’zim qila-qila orqasi bilan yurib chiqib ketdi. 
— Mavlono, ochib ko‘ring, — dedi Xonzoda begim. 
Mavlono Fazliddin o‘ramni sekin ochdi-yu, chetlari sarg‘ayib ketgan chizmakashlik 
qog‘ozlarini ko‘rdi. So‘ng ularni avaylab varaqlar ekan, o‘zining Andijonda qurmoqchi 
bo‘lib, Xonzoda begim bilan bamaslahat chizgan loyihalarini tanidi. Yigitlik orzulari 
xayolida qaytadan uyg‘onib, ko‘zlari chaqnab ketdi. Andijonda qurilmay qolgan 
obidalarning loyihasini shuncha yildan beri asrab olib yurgan Xonzoda begim unga hozir 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin